GO`ZALLIK VA AYOLLIKNI OSHIRUVCHI GORMON.

Oksitotsin gormoni- go`zallik, umid, ishonch, nafosat gormonlari hisoblanadi. Bu gormon yaqin insonlarga nisbatan e`tiborli, ishonuvchan, sezuvchan qilib qo`yadi. Oksitotsin jinsiy lazzatlanishda yordam beradi.

Oksitotsin- ayollikning sehrli eleksiri, ayollikni his qilishning asosidir. O`zingizda yuqori darajada oksitotsin ishlab chiqilishini yo`lga qo`yishingiz bilan hayotingizda mo`jizalar sodir bo`la boshlaydi. Nur sochuvchi nigohlar, silliq va nafis teri rangi, hayotga qiziqish va cheksiz chegarasiz ruhiy quvvat. Nafosat, muloyimlik, quvvatga boylik, hayotdan to`la zavqlanish holati, 
ko`tarinki kayfiyat, yaqinlarga muhabbat, kechirishga tayyorlik, egiluvchi tana, nur sochuvchi yuz, mag`rur va tik qomat, kuch va quvvat-mana oksitotsin nimalarni berishga qodirsizga! 

Oksitotsin-go`zallik eleksiri

Ajoyib yangilik: yuzingizning, tanangizning go`zalligi oksitotsinga qanchalik boy ekanligingizga bog`liq.  Xunuk ayol bo`lmaydi, kam oksitotsin bo`ladi. Ruhiy va manaviy zo`riqishlarning  izi yuzda aks etadi. Zo`riqishlar, stresslar ketadi, lekin ularning izi yuzda qoladi. Mimikalarni qanchalik nazorat qilishga urinsangiz ham, qalb og`riqlari yuzda o`z izlarini qoldiradi. Oksitotsin yuzimizga go`zallik, yoshlik, istara bag`ishlovchi eliksirdir.

Oksitotsin miqdorini oshiruvchi holatlar:

  1. Manikyur yoki pedikyur qildiring.
  2. Yaqin dugonangiz bilan uchrashing.
  3. Massajga qatnang.
  4. Karaokega borib kuylang.
  5. Yuzingizni massaj qiling.
  6. Xona gullarini parvarish qiling.
  7. Raqsga tushing.
  8. O`zingizga yoqqan kitobni o`qing.
  9. Yaqin insoningiz bilan qiziqarli filmlar tomosha qiling.
  10. Kuniga 1 soat tabiat qo`ynida sayr qiling.
  11. Iliq va tinchlantiruvchi vanna qabul qiling.
  12. Tabiat qo`ynida Meditatsiya qiling.
  13. Yaqinlaringiz uchun mazali taomlar pishiring.
  14. O`zingizga so`ngi urfdagi kiyimlar sotib oling.
  15. Qush yoki baliqlar parvarish qiling.
  16. Go`zallik saloniga boring.
  17. O`z anglashlaringizni va fikrlaringizni yozib boorish uchun kundalik tuting.
  18. Teatr yoki konsertga boring.
  19. Cho`milishga basseynga boring.
  20. Har kuni meditatsiya qilishga odatlaning.

Sanalganlarni tez-tez bajarib turishga odatlaning. Bular sizda oksitotsin miqdorining oshishiga yordam beradi. O`zingizni tez-tez xursand qilib turing. Sizga quvonch va zavq bag`ishlaydigan bajarishni unutmang. O`zingizni baxtli his qilishingizga sabab bo`ladigan barcha mashg`ulotlar oksitotsin manbalari hisoblanadi.