GRIPP ( TUMOV) ni uy sharoitida davolash….
Tumov (gripp) ni uy sharoitida qanday davolasa bo`ladi…???
Tumov eng keng tarqalgan yuqumli kasallik xisoblanadi. Bugungi kunda uning og`ir turlari ham ko`payib ketgan. Shunday nafaqat bollarni, balki organizmi nozik insonlarni ovqatlantirish, parvarish qilishning o`ziga xos tartibi, uslubi bor. Ularni ob-havoga qarab, haroratni hisobga olgan holda kiyintirish lozim. Xususan, bolalar kiyinib yurganda, ovqatlanganda, uxlaganda badani terlamasligiga ahamiyat berish kerak. Sovuq kunlarda ularni badanlari, ayniqsa oyoqlari sovuq qotmaydigan qilib kiyintirish kerak.
Uy haroratini 25 darajadan oshirmagan ma`qul. Shu bilan birga uy havosi toza bo`lishi shart. Uyda vaqti-vaqti bilan isiriq tutatib turish ham foydadan xoli emas.
Ust-boshlarini har kuni bir-ikki bor isiriq tutiniga tutish va atir purkash lozim.
Bolalarni har kuni yotish oldidan isiriq suviga cho`miltirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Buning uchun avvalom bor iliq suvda bola badani sovunlab yuviladi. So`ng bo`yni yelkasidan qaynatilgan isiriqli suv bir necha bor quyiladi, keyin boshqa suvda cho`miltirmay, artmay, bolaning ustiga choyshab tashlab, o`rab badani quritiladi.
Bemorga beriladigan ichimliklar va ozuqalar:
- Ozgina shakar qo`shilgan tog`olcha, namatak qaynatmasi;
- Sho`rtak qatiq zardobi, shakar solingan qatiq;
- Uzoq qaynatilgan turshaksuvi, ya`ni qaynatmasi;z
- Asalli ko`k choy;
- Shakar yoki asal qo`shilgan sholg`om suvi, lavlagi qaynatmasi;
- Limonli shirin ko`k choy,
- Turli meva va sabzavot sharbatlari;
- Nonlar, teshik kulchalar, shakarsiz picheniyalar;
Shunday qilib yuqoridagilarga amal qilsak, bemorni tumovdan davolashdan tashqari ularga kuch-quvvat ham kirishiga yordam beramiz.