Ertalab - bu yangi kunga moslashadigan, uyg’onadigan va faol hayotga tayyorgarlik ko’radigan vaqt. Ertalabki kun tartibiga qo’shishingiz mumkin bo’lgan oddiy odatlardan biri limon sharbati qo’shilgan bir stakan suv ichishdir.

Sog’lom tong. Limonli suvning kutilmagan foydasi. S vitamini

Ushbu oddiy usul bizning sog’lig’miz va farovonligimizga juga ko’p ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.Ertalab limonli suv ichishning asosiy afzalliklardan biri immunitet tizimini mustahkamlashdir. Limon antioksidant xususiyatlari va immunitet tizimini mustahkamlash qobiliyati bilan mashhur bo’lgan S vitaminining boy manbaidir. Limonli suv muntazam iste'mol qilish shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashishga yordam beradi. 

Sog’lom vazn saqlash uchun foydasi

Limon suvi sog’lom vazn saqlashga yordam beradi. Limonda to’yinganlik tuyg’usini kuchaytiradigan va ishtahani kamaytiradigan eriydigan tola bo’lgan paktin mavjud. Bundan tashqari, limon sharbati ovqat hazm qilishni rag’batlantiradi va organizmga ozuqa moddalarni yaxshiroq singdirishga ko’maklashadi. Limon sharbati safro ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, bu ovqatni, ayniqsa oqsillarni hazm qilishga yordam beradi. Bu esa ich qotishi oldini oladi.

Limon sharbati qarishni olidini oladi

Limon organizmdagi zararli erkin radikallar bilan kurashishga yordam beradigan antioksidantlarni o'z ichiga oladi. Bu qarish jarayonini sekinlashtirishga va terining holatini yaxshilashga yordam beradi. Limonli suv nafasingizni yangilashga yordam beradi va tishlarning kasallanish xavfini kamaytiradi. 

Qanday vaziyatlarda iste’mol qilmaslik kerak

Limonli suvni ortiqcha ishlatmaslik kerak, ayniqsa oshqozon yarasi yoki kislotalilik bilan bog'liq muammolar bo'lsa. Bunday hollarda limonli suvni dietangizga kiritishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Limonli suv ichish kundalik tartibingizga oddiy va sog'lom qo'shimcha bo'lishi mumkin. Qon bosimi past bo’lgan insonlarda ham limon sharbatini ko’p miqdorda ichish tavsiya etilmaydi.