Здоровое питание во время беременности - GrowFood

Homiladorlik davrida  to'g'ri ovqatlanish.Kundalik tartibga o'xshasa-da,ammo uning o'ziga xos xususiyatlari borki,unga har bir homilador ayol e'tiborli bo'lishi talab etiladi.

Deylik,oddiy savol:kun davomida qanday mahsulotlarni va qancha miqdorda iste'mol qilish lozim?

To'g'ri ovqatlanishda ovqatlanish tartibingiz oziq-ovqat mahsulotlarining beshta guruhidan tashkil topishi lozim va bu maxsulotlardan har kuni iste'mol qilishingiz kerak.Mahsulotlarning iste'mol miqdori birinchi guruhdan beshinchisiga qarab kamayib boradi.

*Birinchi gurux mahsulotlari,ya'ni non va non mahsulotlarini eng ko'p iste'mol qilish darkor.Bu mahsulotlar organizimni oqsil,kraxmal va minerallar bilan ta'minlab,unga kuch-quvvat beradi.

*Sabzavot va mevalardan iborat ikkinchi guruhdagi mahsulotlarni ham yetarli miqdorda iste'mol qilish kerak.Ular organizm uchun muhim bo'lgan minerallar va vitaminlar yetqazib beradi.

*Uchinchi guruxni sut va sut mahsulotlarini tashkil qiladi.Bu guruh mahsulotlari oqsil,kalsiy va vitaminlarning eng yaxshi manbai hisoblanadi.

*Go'sht,baliq,tuxum,dukkakli o'simliklar(loviya,no'xat)yong'oq- to'rtinchi guruhni tashkil etadi.Ular organizmga temir moddasini yetqazib beruvchi asosiy mahsulotlar sirasiga kiradi.

*Beshinchi guruh mahsulotlari-o'simlik yog'lari,shakar va shirinliklar hisoblanadi va ular eng kam iste'mol qilinishi tavsiya etiladi.

Albatta,har bir ayolning organizmi o'ziga xos bo'ladi,shuning uchun har bir xomilador ayol o'z ovqatlanish tartibi haqida shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

Shunungdek,choy yoki qahva ovqat tarkibidagi temir moddasining so'rilishi ancha susaytirishi va kamqonlikka olib kelishi mumkinligini yodda tutish kerak.Shuning uchun choyni ovqatlanish oralig'ida,asosiy ovqatni yegandan so'ng 2soat o'tgach ichish mumkin.Ovqatlanish vaqtida qaynatilgan suv ,tarkibida shakar kam bo'lgan konservalangan mevalar,quritilgan mevalardan tayyorlangan shakarsiz sharbatlar,quritilgan na'matak damlamsi,uy sharoitida tayyorlangan meva va sabzavot sharbatlarini ichish maqsadga muvofiq bo'ladi.