Homiladorlikda qon ketishi
Homildorlikning birinchi yarmida qon ketishi to'liqsiz, o'z-o'zidan yoki sun'iy bola tashlashdan keyin vujudga keladi.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida qon ketishining sababi yo'ldoshning oldin kelishi yoki normal joylashgan yo'ldoshning muddatidan avval ko'chishi bo'lishi mumkin.
Yo'ldoshning oldi kelishiga ko'pgina sabablar mavjud:bachadon shilliq pardasining atrofiyasi(organlarning kichrayib,zaiflashib qolishi)yoki distrofiyasi(ovqatlanishning buzilishi natijasida organ va to'qimalarning buzilishi hamda faol o'zgarishi),bachadon rivojlanishi anomaliyasi(organning odatdagidan boshqacharoq bo'lishi),yallig'lanish tufayli va hakazolar.Odatda bunday bemorlarda bola tashlashlar,jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklari kuzatiladi.
Homiladorlikda qon ketishi ancha ko'p uchraydigan va tekshirishlarda aniqlanganida,bo'lajak onalar organizmidagi buzilishlar ehtimolidan darak beruvchidir.
Yo'ldoshning oldin kelishini homilaning oldin keladigan qismining joylashuvi hususiyatiga qarab farqlash mumkin.Bundan tashqari,yo'ldosh mahkamlangan tomonda tomirlar shovqini aniq eshitiladi.Yo'ldoshning oldin kelishi ko'pincha ko'p tuqqan ayollarda uchraydi.
Bu kassallik ultratovushli apparatlar yordamida aniqlanadi.Bunday hollarda asboblar bilan tekshirish o'tkazilmaydi.
Normal joylashgan yo'ldoshning muddatidan oldin kelishida uning bachadon devorida homila tug'ulgunga qadar zo'rlik qilishi natijasida ro'y beradi.
Yo'ldoshning muddatidan oldin ko'chishining asosiy sabablari:
-kech kuzatiladigan taksikoz;
-gipertoniya,nefrit;
-ikki va undan ortiq homila;
-homilaning yirik bo'lishi.
Bundan tashqari,qoringa berilgan zarba,qattiq qo'rqish,stress holatiga solib qo'yadigan reaksiya ham yo'ldoshning muddatidan oldin ko'chishiga olib kelishi mumkin.Bunda boshlangan qon ketishi ichki va tashqi bo'ladi.Agar ichki qon ketishi boshlangan bo'lsa ,qon yo'ldosh orqali sizib o'tadi va u bilan bachadon devori o'rtasida to'planadi.Bunday hollarda bachadon devori do'ppayib chiqishi ro'y beradi.Shundan keyin qon muskul tolalari to'plamiga kirib boradi va asta-sekin va butun bachadon pardasi shimiladi.Agar qon bachadon devori va homila pardasi oralig'ida sizib o'tsa,unda tashqi qon ketishi ro'y beradi.
Yo'ldoshning muddatidan oldin ko'chishi nisbatan kam,taxminan 80 dan 1 holatlarda kuzatiladi va shu paytgacha uning kelib chiqishiga sabab bo'lishi noma'lum.
Yo'ldoshning ta'sirli ko'chishiga shok va animiya,qorinda qattiq og'riq,qayt qilish,teri qoplamasining oqarishi,tomirning tez-tez urishi kuzatiladi.Bunday holatlarda tashqi qon ketishi ro'y berishi mumkin.
Shifokor ko'rigi paytida qiyinchilik bilan homila qismlarini paypaslab ko'rishi mumkin,chunki bachadon taranglashganda haddan tashqari mahkam bo'ladi.Homilaning yurak urushi deyarli eshtilmaydi.
Homiladorlikda qon ketishini davolash.
Homiladorlikning birinchi yarmida qon ketishi boshlangan ayolni albatta stasionarga joylashtirish kerak.
Agar qon ketishi homiladorlikning birinchi choragida ro'y bergan bo'lsa,u holda bemor yotib doimiy davolanishi kerak.Shuningdek,psixoterapevt maslahati va sedativ davolash vositalari ham foidali bo'ladi.