jhfd

Homiladorlik davrida har bir ayol o'ziga katta e'tibor qaratishi kerak.Homilador ayolda quyidagi belgilar kuzatilganda tezlik bilan tibiiyot hodimlariga murojat etish maqsadga muvofiqdir:

*doimiy bosh og'rig'i,ko'rish qobilyatining buzilishi,ko'z oldining qorong'ulashishi yoki dog'lar uchgandek,chaqnagandek bo'lib ko'rinishi;

*qorin sohasida kuchli og'riqlar;

*qindan suyuqlik ajralishi yoki qon kelishi;

*hushni yoqotish;

*tana haroratining 38*C va undan yuqori bo'lishi;

*to'satdan paydo bo'lgan va tez tarqaladigan shishlar;

*nafas olishning qiyinlashishi;

*yurak,oshqazon sohasida yoki uning qovurg'a ostida og'riq paydo bo'lsa;

*siydik kamayishi;

*homila qimirlashining o'zgarishi(oddatdagidan ko'ra kamroq yoki tez-tez)

*qindan yiringli yoki badbuy hidli ajralmalar kelishi.

Ma'lumki,bola ona qornida rivojlangan sari qon kamayishi ortib boradi.Ayolda homiladorlikdan avvalgi kamqonlikning bo'lishi esa bir muncha muammolarga sabab bo'lishi mumkin.

Kamqonlik

Kamqonlik aslida qanday paydo bo'ladi va u qanday kasallik?Bu savol har birimizda paydo bo'lishi mumkin.

Aksariyat homilador ayollarda uchraydigan bu kasallik so'ngi paytlarda ko'pchilikni hayratlantirmay qo'ydi.Kasallikning o'zida mavjudligini eshitgan homilador ayollar o'zini tabiiy bir ma'lumot etishgandek tutadi.Aslida,bu o'ylaganimizdek,yengil kechadigan yoki o'z-o'zidan yo'qolib ketadigan xastalik emas.Kamqonlik-qon tarkibidagi qizill tanachalarni yetishmovchiligi sababli paydo bo'ladigan jiddiy kasallik hisoblanadi va uning eng ko'p uchraydigan turi temir tanqisligi kamqonlikdir.Homiladorlik davomida organizmning temir moddasiga bo'lgan ehtiyoji ortadi.Temir moddasining asosiy qismi organizimga ovqat mahsulotlari bilan yetib boradi.Shuning uchun homiladorlik davrida oqsil,mikroelementlar va vitaminlar boy ozuqalarni ko'proq iste'mol qilish lozim.Agar ayol organizmda temir modda yetishmasa ,bu kamqonlikga olib kelishi tayin.

Kamqonlik homiladorlik davrida ham ona,ham bola uchun xavf olib kelishi mumkin va turli asoratlar qoldirishi ehtimoldan xoli emas.Deylik,homilaga kislorod yetishmasligi natijasida uning dimiqishi,kuchli va sust qimirlashi,rivojlanishdan orqaga qolishi yoki nimjon tug'ilishi mumkin.Onaga esa homiladorlik asoratlari,jumladan,qon ketishiga sabab bo'ladi.

Meyoriy gemoglabin ko'rsatkichi 110-120g l.

Homiladorlik davrida kamida ikki marta gemoglabin miqdorini aniqlash lozim va u 100g l yoki undan kam bo'lsa,kamqonlikni vaqt utqazmay davolash darkor.