IMMUNITET ni ko`tarish sirlari…
Immunitetni ko`tarishning eng zo`r va samarali usullari…
Immunitet susayganda 1 stakan asal, yangi to`g`ralgan aloe va maydalangan yong`oq aralashtiring. Kuniga 3 maxal ovqatdan keyin 1 oshqoshiqdan yeng. Muddati 3-4 hafta. Malham muzlatkichda tursin.
Immunitetni mustahkamlashda va anemiya (kamqonlik)da juda samarali yordam beradigan ushbu aralashma moddalar almashinuvini ham yaxshilaydi: 200 ml tabiiy anor sharbatiga 100 ml.dan limon, olma, qizil lavlagi va sabzi suvi, 2-3 oshqoshiq asal qo`shing. Xammasini yaxshilab aralashtirgach, bankaga qo`ying va og`zini maxkam berkitib, muzlatkichda saqlang. Qabul qilishdan oldin bir oz ilitib, kuniga 3 mahal 2 oshqoshiqdan iching.
Apilsinlar immunitetni oshiradi va tomirlarni mustahkamlaydi.
1 qism apelsin po`stini 1 qism qora joy va ½ qism limon po`sti bilan aralashtiring. So`ng ustiga qaynagan suz quying va 5 daqiqa davomida tindirib, so`ng iching. Bu choy immunitetni kuchaytiradi.
Saralangan na`matakning quritilgan mevalarini idishga solib, ustidan qaynagan suv quying. 5 daqiqa davomida tindirib, so`ngra iste`mol qiling. Bu tindirma immunitetni kuchaytiruvchi hisoblanadi.
3 dona archilmagan olmani bo`lak-bo`lak qilgan holda 1 litr qaynagan suvga soling va 10 daqiqa davomida past olovda qaynating. So`ng 30 daqiqa davomida tindiring. Ta`bga ko`ra asal qo`shishingiz mumkin. Bu ichimlik immunitetni kuchaytiradi.
1 choyqoshiq behi urug`i yarim stakan qaynoq suv quyiladi va 2 soat davomida chayqatib turiladi. Urig`ini siqib olmasdan suzib olinadi. So`ng 1 oshqoshiqdan har kuni uch maxal ovqatlanishdan oldin iste`mol qilinadi. Ishtaxasizlikda davodir.
Qamqonlikda ertalab va tushlik paytida 30 gramm malina yangi qaymoq bilan qo`shib iste`mol qilinadi.
Anor bexi, olma, limon, oshqovoq, kashnich, sarimsoqdan teng bo`lakdan olib qaynatiladi va quyuq sharbat tayyorlanadi. Sharbatdan kuniga och qoringa 1 oshqoshiqdan ichib turish tavsiya. Abu Ali ibn Sinoning tariflashicha, yuqoridagi aralashmani iste`mol qilgach, kishi baquvvat bo`ladi.