Inson hayotida gormonlarning ahamiyati.
Inson tanasida gormonlarning ahamiyati.
Dofamin – erkaklikni oshiruvchi gormonlardan biri. U maqsad qo`yish va maqsad tomon og`ishmay harakatlanishni ta`minlaydi. Kanadiyalik olimlarning tadqiqotlarida shu narsa aniqlandiki,insonlar sevgidan mast bo`lganda va sevgan insonidan maqtov eshitganida, munosabatlardan qoniqish hosil qilganda uning qonida dofamin miqdori ko`payadi. Dofamin insonda lazzatlanish, qoniqish hislari paydo bo`lganda ko`payadi. Qisqa qilib aytganda, dofamin insonga baxt, lazzatlanish, qoniqish olib keladigan istaklarni paydo bo`lishini ta`minlaydi. Bu garmon asosan erkak tanasida kuchli darajada ishlab chiqariladi. Ayolda agar ayollik energiyasi me`yorida bo`lsa, bu erkakda unga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Erkak bunday ayolning yonida o`zini qirolday his qiladi, o`zida qoniqish hislari paydo bo`ladi va natijada erkak qonida dofamin miqdori ortadi. Qonida dofamin miqdori qancha ortiq bo`lsa, erkak shuncha ayolni baxtli qilishga, unga munosib bo`lishga intilish kuchli bo`ladi. Ayol organizmi ham dofamin ishlab chiqadi, lekin ularda gormon erkaklarnikiga nisbatan kamroq bo`ladi.
Serotonin – lazzatlanish gormoni. Serotonin inson organizmida juda ko`p vazifalarni bajaradi: u anglash jarayonini kuchaytiradi, harakatchanlikni ta`minlaydi, mushaklar tonusini oshiradi. Bu gormonning eng asosiy vazifasi kayfiyatni ko`tarishdir. Agar insonda bu gormon me`yorida bo`lsa, u stressli vaziyatlardan oson chiqadi. Insonda serotonin gormonlarining pasayib ketishi depressiyaning boshlanishiga olib keladi. Bu gormonning organizmda muttasil rivojlanishi uchun oqsilga boy mahsulotlar: go`sht, baliq, tuxum, tvorog, pishloq kabilarni ko`p iste`mol qilish kerak. Shuning uchun biz oqsil va uglevodga boy mahsulotlarni yeganimizda, beixtiyor kayfiyatimiz ko`tariladi. Agar qonda serotonin miqdori ko`paysa, kayfiyat ko`tariladi yoki kayfiyat ko`tarilsa ham qonda serotonin miqdori ko`payadi.
Adrenalin – stress gormoni. Imkoniyatlarimizni oshiruvchi gormon. Bu gormon miqdorining qonda ortishi yurak urushini tezlashtiradi, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishni kuchaytiradi, organimzda almashinuv vazifasini oshiradi. Adrenalin miqdori kam bo`lgan insonlarda jismoniy ishlarga qobiliyat oasayib ketadi. Bu gormon organizmda me`yorida bo`lgani yaxshi. Chunki qonda har doim adrenalim miqdorining ko`p bo`lishi insonning stress holatida bo`lishiga olib keladi. Bunda sab tizimi taranglashadi, immun tizimi ishdan chiqadi.
Endofrin – xotirjamlik va qoniqish gormoni. Bu gormon sevikli inson bilan muloqotda paydo bo`ladi va insonda minnatdorlik, qoniqish tuy`gularini uyg`otadi. Endofrin. “baxt gormoni” deb nomlanadi. Chunki bu gormon qonda qancha ko`p bo`lsa, inson o`zini shunchalik baxtli, energiyaga boy, hayotsevar his etadi. Endofrin gormonini miyamiz eng ko`p sevimli insonimiz bilan jinsiy aloqa paytida ishlab chiqadi. Homiladorlik paytida ham ayol organizmi ko`plab miqdorda endofrin ishlab chiqadi. Tug`ruqqa qanchalik yaqin bo`lsa, endofrin miqdori hamshunchalik kop` bo`ladi. Endofrin miqdorini ko`paytiruvchi mahsulotlarga kartoshka, banan, bulg`or qalampiri, guruch, musqaymoq, bodom va shokolad kiradi. Shuning uchun ham shokolad iste`mol qilishingiz bilan kayfiyatingiz yaxshilanadi.
Oksitotsin va vazopressin – umid, ishonch, nafosat gormonlari hiosblanadi. Oksitotsin onalik instinktiga javob beradi. Bu gormon qanchalik ko`p bo`lsa, onalik mehri shunchalik kuchli bo`ladi. Oksitotsin yaqin insonlarga nisbatan e`tiborli, ishonuvchan, sevuvchan qilib qo`yadi. Oksitotsin ayolga jinsiy lazzatnishda yordam beradi. Vapressin ereksiyani ta`minlaydi. Bu gormon erkaklik ishonchi gormonidir.