Uyg`ongandan so`ng bajaradigan bir necha sodda va oddiy amallar sizning hayotingizni yaxshi tomonga o`zgartiradi….

 

Agar siz kechqurun mamnuniyat hissi bilan uxlashni xohlasangiz, har kuni tongda qat`iyat hissi bilan uyg`oning….

Kun davomida siz tomoningizdan bajaradigan birinchi ish, amaliyot shubhasiz eng muhimdir, chunki aynan u ongga ta`sir qiladi va kunning qolgan qismi mazmunini belgilaydi…..
 

Tadqiqotlarga ko`ra, aslida dunyoda hech kim erta turishni yoqtirmaydi, ammo barchamizga saharda uyg`onganimizda his qiladigan tuyg`ular yoqadi. Bu biroz jismoniy tarbiya kabi: ko`p odamlar o`zlarini sport zaliga borishga majbur qilishadi, ammo u yerga kelishganda deyarli har bir kishi juda yoqimli hislarni boshdan kechirishadi. Erta turish, ayniqsa aniq maqsad bilan butun kunga ilhom, quvonch va g`ayrat tuyg`usini beradi.

 

Quyida keltirilgan 5 boshqichli strategiyaning qisqacha tavsifi keltirilgan, bu sizning erta uyg`onishingizga va tetik holatda qolishingizga yordam beradi.

 

  1. Uyqudan oldin maqsadlaringizni aniqlashtiring: bu eng muhim bosqich. Esingizda bo`lsin: tong sizning birinchi fikringiz odatda yotishdan oldin oxirgi fikr bilan bir hil bo`ladi, shuning uchun har kuni yotishdan oldin keying tongga to`g`ri buyruq berishni majburiyat qilib oling . Maqsadlaringizni doim daftarga yozib boring va amalga oshishi uchun harakat qiling.

 

 

2. Budilnikni imkon qadar to`shakdan uzoqroq qilib qo`ying. Esingizda bo`lsin: harakat energiya yaratadi. Budilnikni o`cherish uchun yotog`ingizdan turishingizga to`g`ri keladi va harakat qilasiz shunda tezroq uyqingiz ochiladi va energiya olasiz.

 

 

3. Tishlaringizni yuving. Tozalik effektini yaratish uchun yalpiz ta`mli og`iz yuvish vositasidan foydalaning.

 

4. Bir stakan suv iching. Iloji boricha tezroq tananing suv ta`minotini ta`minlang, chunki kechasi tana suvsizlanadi.

 

5. Sport kiyimlarini kiying.  Tongda dush qabul qilish uchun loyiq bo`ling. Yugurishga chiqing, jismoniy mashqlar qiling, yoga bilan shug`ullaning.

 

 

 

Hayotingizni yanada yaxshi tarafga o`zgartirishingiz uchun har kunimaqsadlaringizni aniqlab belgilab, har kunio`zingizni rivojlantirishga vaqt ajratishingiz kerak. Sizning hayotingiznio`zgartirishi va yaxshilay oladigan 6 ta oddiy ammo, juda samarali kundalik texnikalarni taqdim etamiz. Ushbu texnikalarning har biri birdaniga hayotning bir yoki bir nechta yo`nalishini:   jismoniy, intellektual, hissiy yoki ma`naviy rivojlantiradilar, buning natijasida siz orzularingiz hayotini yaratishga qodir bo`lgan odamga aylanasiz.

Buni esda tuting: ichki dunyoingizni o`zgartirganda hayotingiz ham, tashqi dunyoingiz ham o`zgaradi, ya`ni sizning hayotiy holatingiz ham o`zgaradi.

 

      Hayotingizni o`zgartiradigan 6 ta amaliyot, texnika bilan tanishib chiqamiz. 

 

  1. Meditatsiya – ruhiy amaliyot hisoblanadi. Meditatsiyaning mohiyati bir muncha vaqt sukutda o`tirish va fikringizni biror bir narsaga qaratishdir. Tadqiqotlarga ko`ra sog`lik uchun ham juda foydali ba`zi bir dorilarga qaraganda samaraliroq ekanligi tasdiqlangan. Shunday qilib olimlarning fikriga ko`ra muntazam meditatsiya metabolizmi yaxshilaydi, qon bosimini normallashtiradi, miya faoliyatini oshiradi. Ushbu amaliyot stressni kamaytiradi, uyquni yaxshilaydi, uzoq umr ko`rish davomiyligini oshiradi. 
  2. Affirmatsiyalar – o`zingizni ong ostingizga aynan o`zingiz muvaffaqiyatli ekanligizni uqtirmaguningizgacha siz omadsiz bo`lib qolaverasiz. Buni affirmatsiyalar orqali amalga oshirish mumkin; bu usul haqiqatdan xam ish beradi. 
  3. Vizualizatsiya- vizualizatsiya amaliyoti aqliy ishlab chiqish yoki mashq qilish deb ham ataladi. Chunki ular tashqi dunyodagi ijobiy natijalarni yaratishga qaratilgan bo`lib, ulardan xatti-harakatlarning o`ziga hos naqshlari va istalgan natijalarning aqliy, ammo juda aniq rasmlarini shakllantirish uchun foydalaniladi. Oddiy odamlar faqat mumkin bo`lgan narsaga ishonishadi. Har tomonlama rivojlangan odamlar vmumkin bo`lmagan narsani tasavvur qilib, buni imkoni bordek ko`ra boshlaydilar. Narsalarni o`zingiz  ular qanday bo`lishini ko`rishni istasangiz shunday ko`ring, aslidaligicha emas.

      4. Jismoniy mashqlar- agar siz jismoniy mashqlar uchun vaqt topmasangiz, unda kasallik uchun vaqt                        topishga to`g`ri keladi. Tongi  mashqlar sizning kundalik ishingizning asosi bo`lishi kerak. Agar siz buni                har kuni tongda kamida bir necha daqiqa qilsangiz, u energiya darajasini sezilarli darajada oshiradi,                      sog`liqni saqlash va va o`ziga bo`lgan ishonchni kuchaytiradi. Yanada samarali fikrlashga yordam beradi.

      5. Kitob o`qish- o`qimaydigan odam, o`qishni bilmaydigandan odamdan zarracha ustunlikka ega emas.                    Kitob o`qish sizning shaxsiy rivojlanishingizga, fikrlash doirangiz kengayishiga, ijobiy fikrlashingizga katta            yordam beradi. Kuniga kamida 10 bet o`qishni maslahat beraman.

       6. Minnatdorlik- hayotingizda bo`layotgan vaziyatlar, hayotingizdagi bor narsalarga minnatdorlik yozib                       boring. Bu ish sizga zavq bag`ishlaydi va hayotingizga yanada yaxshi vaziyatlar ajoyib o`zgarishlar olib                 keladi. 

 

Ushbu amaliyotlarni 30 kun davomida har kuni tongda bajarishingizni tavsiya qilaman, chunki 30 kunda bu amaliyot odatga aylanadi va hayotingizning ajralmas qismiga aylanadi.