Nega ko'p xarajat qilib qo'yamiz?
Daromad bilan xarajat o'rtasidagi pulni to'g'ri taqsimlay olmaslik ham insonni tushkunlikka tushiradi.Pul mehnatingiz mahsuli va hayotiningiz mahsuli va hayotingizning bir ulishidir.Pulni to'g'ri yo'naltira olmagan odamlar ko'p ishlaydi,ammo ko'p narsaga erishmaydi.Oqibatda pulsiz tushkunlikda pullarni taqsimlay olmagani uchun o'zini emas,uni “pulsiz qoldirganlar”ni ayblaydi.
Pulsizlik sabablari:
- Baxtni pulga sotib olish
Inson hayotda o'z o'rnini topolmaganda yoki erishgan yutuqlari qoniqtirmaganda,o'zini moddiy imkonyatlar bilan baxtli qilishni istaydi.Masalan,oliy ma'lumotli bo'lish istagiga erisholmaganligi bois,shu mavqeni pulga sotib olishga harakat qiladi.Bu kabi ayollar tilla taqinchoqlar taqishni yaxshi ko'radi.Bu kabi ayollar tilla taqinchoqlar taqishni yaxshi ko'radi.Uy bekasi bo'lsa ham,ofis kiymini xush ko'radi.Ichki armonini pulli xarajatlar bilan qondirishga harakat qiladilar.Ammo har safar baxt bo'lib tuyilgan buyum uni sotib olgandan keyin xursand qilmay qo'yadi.
- Pulni xarajat qilishdagi sabrsizlik
Ba'zilar qilayotgan daromadga maqsad qo'yishadi,ammo besabrliklari tufayli pulni keraksiz narsaga sarflab yuborishadi.Maqsad uzoq muddatdan keyin baxt keltirsa,kichik xarajat xozir xursand qilishiga yengilib,irodasizlik qilishadi.O'zini nazorat qilishni bilmagan insonda muhim maqsadlar ham bo'lmaydi.Bu maqsadlar har safar armonga aylanaveradi yoki boshqalarni ayblashorqali o'z uquvsizligini oqlaydi.
Qarz olishdan qo'rqmaydigan odamlar ham irodasiz bo'ladi.Chunki ular o'z imkonyatlarini to'g'ri taqsimlash va ishlatishdan ko'ra ,qarz orqali muammoni tez yechish yo'lini tanlashadi.Ba/zilar qarz qarz olishni jur'at va qo'rqmaslikka yoyishadi.Ammo psixologiya qoidalariga ko'ra ,kuchli insonlar o'z imkonyatlaridan to'g'ri foidalanib ,tezda rivojlanish bosqichiga o'tadi.
- Aybdorlik hissi
Bir inson boshqa bir odamning oldida o'zini aybdor his qilsa,aybni pulli harajatlar bilan “yuvishni istaydi”.Masalan,o'z aybi bilan oilasi va farzandlaridan ayrilgan ota ularga pul berishga urinadi.Yoki turmush o'rtog'i oldida o'zini aybdor hisoblagan ayol(masalan, kasal bo'lib qolgani tufayli)pulni o'ziga ravo ko'rmay,eri uchun ko'proq pul jamg'aradi.
- O'zini kamsitilgan hisoblash
Jamiyatda qo'shnilar,hamkasblar,qarindoshlari bilan raqobat qiluvchi insonlar ham bor.Hech kimda yoq kiyim ,hech kim minmagan mashina,hech kim erishmagan uy-ularning baxt makoniga aylangan go'yo.
- “Yo'q !”deya olmaslikning oqibati
“Birov pul so'rasa,o'zimda bo'lmasa,boshqalardan olib beraman”,-degan odamlar haqida eshitganmisiz?Pulini birovga berib qo'yib ,o'zi pulsiz yurgan odamlarni ko'rganmisiz?Ularda pul ishlatish malakasi rivojlanmagan bo'ladi.O'z pulini qaytib olishga irodasi,qat'iyati yetmasdan"kechib"yuraverishadi.
* Dangasalik
Biror narsa xaris qilishdn oldin narxini surishtirish va eng arzon joylarni topish ham mexnatdir.Shu mexnatdan qochib ,duch kelgan birinchi buyumni xarid qilish dangasalikdir.Tejash ham mehnat talab qiladi.Dangasa odamlar faqat og'ir mehnatdan emas,aqliy mehnatdan ham qochishadi.
* “Yaxshi bo'lib qolar ”shiori
Kelajakka ishonish juda yaxshi narsa,ammo bugungi kunni boricha qabul qilish orqali kelajakka hiyonat qilmaslik kerak.Masalan,bugungi bor pulni fakt sifatida qabul qiling.Bu pulni "Ertaga bir gap bo'lar”deb sovurishdan oldin tejamkorlik haqida ham o'ylang.
- Ilmsizlik harajatlari
Bankning siz uchun ma'qul kreditini hisoblash o'rniga tez ishonib qo'yish ham ilmsizlik harajati hisoblanadi.Metr va kilogramm o'lchovi har xil birliklarda kelishi mumkin.Ayniqsa,chet davlatlardagi o'lchovlar o'ziga xos.Buni aniqlashga blim kamlik qilganda,aniqlik kiritilmaguncha harajat qilmaslik to'g'ri yo'ldir.
* Pulsiz yashash mumkinmi?
Suvsiz,ovqatsiz yashab bo'lmaydi,ammo pulsiz yashash mumkin.Pul orqali kelayotgan ehtiyojlarning zaruri ovqat va suv bo'lsa,demak,o'sha pul hayotingiz mazmuningizdir.Pulni noto'g'ri ishlatish qarzga berish bosh og'rig'iga aylanishi mumkin.