Oila qurishda barqaror munosabatlar bilan kelajagi yoq beqaror munosabatlar orasidagi farq.
Oila qurishda barqaror munosabatlar bilan kelajagi yoq beqaror munosabatlar orasidagi farq.
- Barqaror munosabatlarda ikkala tomon ham oradagi sevgini yo`q qilmaslik uchun qo`llaridan kelganini qiladilar. Ular o`zaro munosabatlarga his-hayajon qo`shishga intiladilar, lekin kelajagi yoq munosabatlarda faqat bir tomon oralaridagi ishqni yo`qotmaslikka, munosabatlarga his-hayajon qo`shishga harakatga intiladi. Natijada esa bitta o`zi intilayotgan tomon bu holatdan charchab, zada bo`lib, zo`riqib ketadi va bu munosabatga barham berishni istaganida qarshi tomonning bosimi ostida qoladi.
- Munosabatlarni barqaror ko`rinishga keltirgan eng muhim omil o`zaro hurmatdir. Munosabatdagi tomonlar bir-birlarini hurmat bilan tinglaydilar, bir-birlarining oilalariga nisbatan hurmat bilan, samimiylik bilan va e`tibor bilan munosabatda bo`lishadi. Afsuski, kelajagi yoq beqaror munosabatlar bir-birlarini xafa qilishdan, zo`riqtirishdan qo`rqishmaydi yo bir-birlarining oilalari bilan ko`rishmaydilar, yoki ularga nisbatan hurmatsizlik bilan, bepisandlik bilan, e`tiborsizlik munosabatda bo`lishadi.
- To`g`ri, har bir inson xato qilishi mumkin, ammo barqaror munosabatlarda tomonlar bir-birini to`g`ri tushunadi, yolg`on gapirmaydi, shuning uchun xatolar qilishning ehtimoli yuqori. Kelajagi yoq beqaror munosabatlarda tomonlar juda ko`p narsalarni bir-biridan yashirishadi va bir-biriga yolg`on gapirishadi. Xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin, lekin xatolarni yashirish uchun yolg`on gapirish munosabatlarni tugatish uchun rishtalarni kesadigan o`tkir pichoqqa o`xshaydi.
4. Barqaror va oqilona munosabatlarning tomonlari o`zaro muloqotga katta ahamiyat berishadi. Bunday munosabatlarning tomonlari o`zaro shu qadar yaxshi muloqot qilishadiki, hamma narsani o`zaro baham ko`rishgani uchun ham biri-birining butun bir borlig`iga aylanishadi. Kelajagi yoq beqaror munosabatlarda tomonlarning gaplashadigan mavzular chegarilidir va bunday munosabatlarni hattoki manfaatlarga asoslangan munosabat deya olamiz, tomonlar bir-birlarining ehtiyojlarini qondirishadi va bir-biri uchun bundan ortiqcha harakat qilishmaydi.
5. Barqaror munosabatlarda tomonlar o`zaro majburiyatlarini oqilona amalga oshirgani uchun kelishmovchiliklar ham kamroq bo`ladi. Afsuski, kelajagi yoq yo`q beqaror munosabatlarda tomonlar orasida “nega sovg`a olib kelmadingiz? Nega bozor bormadingiz?” kabi oddiy sabablar tufayli yuzaga keladigan kelishmovchilik tez-tez bo`y ko`rsatib turadi va bunday kelishmovchiliklar esa aslida, sezdirmasdan, bildirmasdan munosabatlarni yemira boshlaydi.
6. Barqaror munosabatlarda tomonlar bir-biriga bekamu ko`st to`liq ishonishadi.masalan, ayol erkakning boshqa bir ayol bilan yoki erkak ayolning boshqa bir erkak bilan gaplashib turganini ko`rganida: “zarur gapi bor shuning uchun gaplashgan”, deya qo`ya qoladi. Lekin kelajagi yoq beqaror munosabatlarning tomonlari orasida ham huddi shunday holatlar yuzaga kelsa, oralarida ishonchsizlik yo`qligi uchun biri-birini “ U kim edi? Nega u bilan gaplashdingiz? Nimalar haqida gaplashdinglar?” kabi bo`lar-bo`lmas savolu so`roqqa tutishadi. Tomonlar bir-biriga ishonchsizlik bildirgan, kelajagi yoq beqaror munosabatlarda shubha markaziy o`rinni egallaydi va bunday munosabatlar qisqa vaqtdan keyin barham topadi.
7. Barqaror munosabatlarda hech qanday cheklovlar yo`q bo`lsa, kelajagi yo`q beqaror munosabatlarda juda ko`p cheklovlar mavjud. Masalan, “Bunday qilmasligingiz kerak, u do`sting bilan ko`rishmasligingiz shart, u yerga bormasligingiz kerak, u joyda ishlamasligingiz lozim, unday kiyinmang, bunday kiyining!” kabi gap-so`zlar kelajagi yo`q beqaror munosabatlarda mavjuddir.
8. Barqaror munosabatlarda tomonlar bir-biriga yopishib olmaydi. Yolg`iz vaqt o`tkazish, o`zlarini rivojlantirish uchun biri-biriga bajonidil imkon berishadi. Kelajagi yo`q beqaror munosabatlarda buning aksi bo`ladi: biri-biriga hattoki do`stlari bilan vaqt o`tkazishiga ham ruxsat bermaydi yoki ruxsat bersa ham, ketganidan keyin tinimsiz qo`ng`iroq qiladi, xabar yozadi, bezovta qiladi.