Ongda idrokni shakllantirish.
Ongda idrokni shakllantirish
Idrokka qisqa qilib ta`rif beradigan bo`lsak , bu – muayyan jarayonga diqqatli bo`lish va uning oqibatini tahlil qilish degani. O`qibatini anglash, o`z navbatida shu jarayonni nazorat qilish va eng ma`qul qarorni qabul qilishdir.
Idrok va mushohada bilim natijasi emas. U miyadagi ko`nikma. Bu ko`nikmani shakllantirgan odam barcha vaziyatda, turlicha masalalarda yaxshi yechimni izlab topishi, munosib qaror qabul qilishi mumkin.
Misol uchun aqlli odam doim ham sermushohada yoki sermushohada odam doim ham aqlli bo`lavermaydi.
Miyadagi mushaklar bizga diqqatimizni jamlab, uzoqni ko`rishga, vaziyatni tezroq aniqlashga, kerak paytda tilni tiyishga yordam beradi. Psixologiyada idrok ruhiyatning klinik doirasi yoki ruhiyatning tahlilga bo`lgan ehtiyoji bilan bog`lanai. Uni yuksaltirib borish inson hayotini yanada go`zallashtiradi.
Ruhshunos va tadqiqotchi Yuna Kangning fikricha, idrok va mushohadaning 4 ta muhim omili bor ekan:
- Boxabarlik – mavjud ma`lumot haqida ham ruhan ham jismonan xabardor bo`lish. Bu, masalaga oid qarama-qarshiliklarni solishtirib, unga munosabat bildirishning asosidir.
- Diqqatning barqarorligi – ayni vaqtda sodir bo`layotgan jarayonning ichki va tashqi sabablarini kuzatib borish. Mushohada qilganda inson masalaga oid avvalgi jarayonni ham diqqatdan uzoqlashtirmaydi.
- Ayni paytga diqqat qilish – barqaror diqqat kabi idrokli hamda sermushohada odamlar jarayonning hozirgi holatini ham ko`zdan qochirmaydilar. Afsuski, bugungi kunning eng katta muammosi-diqqatni jamlash bilan bog`liq.
- Xolis qaror qabul qilish – mushohadali odam jarayon haqidagi o`y-hayollar, hislarni aralashtirmasdan, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaydi. Hammasiga oqillik bilan baho beradi.
Quyida e`tiboringizga idrokli va sermushohada bo`lishga, ongda idrok ko`nikmasini shakllantirishga oid ayrim tavsiyalarni havola qilmoqchiman.
- Yaxshi tinglovchi bo`ling;
- Munosabat bildirishga shoshmang;
- Jur`atli bo`ling;
- Diqqatni maqsadingizga qarating;
- Xotiralarni tez-tez esga oiling;
- Yaqinlaringizga e`tiborli bo`ling;
- Osuda tabiat qo`ynida sayr qiling;
- Ijodiy yondashuv, yaratuvchanlik;
- Qo`l telefonga bog`lanib qolmang;
- Tilingizga erk bermang;
- Keksalarni tinglang.
Xulosa shunday – atrofni kuzatish, kimningdir xatti-harakatidan, taqdiridan xulosa chiqarish idrok va mushohadaning tiniqlashuviga hizmat qiladi.