Organizmni yemiradigan illatlar
O'zini sevmagan insonlar biror kasallikni “chaqirib”olishlari haqida eshitganmisiz.Misol uchun,ayol bo'lib tug'ulganidan norizo ayollar ko'pincha genekologik kasalliklarga chalinishar ekan.Buni qanday izohlash mumkin?
O'zini sevmagan ayol boshqa insonlarni kechira olmaydi.Ayniqsa,uni xafa qilgan odamga nisbattan yuragida hamisha nafrat yashirinib yotadi.Men bu salbiy tuyg'uni zaxarga o'xshataman.Mazkur illat yillar davomida inson organizmini yemirib,eng yomon tashxis-ONKOLOGIYAGA olib keladi.Ta'sirchan,kuyunchak,o'zgalar fikri bilan yashaydigan,har qanday voqea hodisani yuragiga yaqin oladigan insonlarda qandli diabet kasalligi paydo bo'ladi.O'zini ayol sifatida qadrlamagan inson organizmida bachadon miyomalari,ko'krak bezi saratoni kabi xastaliklar rivojlanadi.Yon-atrofda kechayotgan hodisalardan norizo bo'lib,ularni hazm qila olmaydigan insonlarda esa oshqazon-ichak kasalliklari kelib chiqadi.
G'aroyib jihati shundaki,organzimning o'zi nimadan kasallanayotganini aytib turadi.Faqat biz buni anglab yetmaymiz yoki tushunishga xarakat ham qilmaymiz.Masalan,oyog'i og'riydigan insonlar harakatlarini to'xtatib qo'ygan bo'ishlari mumkin.Bu-organzimning o'ziga xos psixologik belgisi! Misol uchun ,qo'llarimizda muammo paydo bo'ldi.Psixologiyada o'ng qo'l beradigan ,chap qo'l oladigan hisoblanadi.Ba'zi insonlar “xech narsam bo'lmasa nimani beraman?” deydi.Mexr berish uchun ortiqcha boylik kerak emas-ku,kimgadir oddiygina qalam yoki ro'molcha sovg'a qilish ,menimcha ,uncha qiyin ish emas.Ba'zilar esa berilgan hadyani mensimaydilar .Shu ham sovg'a bo'ldimi ,qabilida ish tutadilar.Bunday holat xam inson orgazmida aks etmay qolmaydi.Kimnidir ko'rgisi kelmagan vaziyatlarda odamning ko'rish qobilyati susayadi.
Ba'zi insonlar yuragidagi dardni ayta olmaydi.Tamoq nima uchun berilgan?Hissiyotlarimizni ifodalash uchun!Mazkur holatda dard organzmda angina tarzida namoyon bo'ladi.Ayniqsa bu bolalarda ko'p kuzatiladi.Jajjigina farzandlarimiz o'zlarining hisssiyotlarini ifodalab berolmaydilar yoki ularni eshitishga kattalarda sabr yetishmaydi.Shunday paytda farzandingizni bag'ringizga bosib,Men seni yaxshi ko'raman,deb 3marta ayting,kasallik asta-sekin chekinadi.
Yurak kasalliklari esa ko'pincha muxabbatiga yetisha olmagan yoki bu tuyg'uni qabul qabul qilolmagan insonlar ko'p uchraydi.Deylik,buyragida muamosi bo'lgan odamlarning,demak,o'ziga nisbatdan bahosi past.
E'tibor bergan bo'lsangiz , o'zimizga nisbatan muxabbat ko'pgina kasalliklarni oldini olishga sabab bo'lar ekan.Shuning uchun har bir insonga ,o'zingizni seving va baxtli hayot kechiring ,chunki siz shunga loyiqsiz.