Orzu - maqsadlarning ro`yobga chiqishida “TASAVVUR QILISH” ning ahamiyati….
Tasavvur qilish
Obyekt yoki maqsad hayol shaklida shakllangach, uning his etiladigan va ko`rib bo`ladigan shaklga kirishi unchalik qiyinchilik tug`dirmaydi.
Agar vizualizatsiya o`z videofilmingizni yaratishga o`xshasa, “tasavvur qilish” filmga ovoz berishga o`xshaydi, faqat tasvirga so`zlar o`rniga his-tuyg`ular kiritiladi. Masalan, firmangiz hodimlari uchun taqdimotuyushtirishingiz kerak, deylik. Taqdimotda menejerlar va rahbariyat ham qatnashishi kutiladi. Agar bu vazifani uddalasangiz, martabangiz oshishi mumkin. Bu taqdimot karyerangiz uchun juda muhim. Siz tasavvur qilish usulini qo`llashga qaror qilasiz – 5-10 daqiqa davomida taqdimot qilganingizni va u katta muvaffaqiyat bilan o`tganligini tasavvur etib, qalbingizdan his etasiz. Taqdimotingiz hammada katta taassurot qoldiradi. Hammasi o`tdi, siz buni uddaladingiz – ajoyib taqdimot uyushtirdingiz!
Vizualizatsiyadan farqli o`laroq, “tasavvur qilish”da birinchi navbatda tasavvur etgan saxnangizdan tuyadigan his-tuyg`ularga e`tibor berasiz. Bunda hayolotingzi ishga tushadi. Muvaffaqiyatli taqdimotingizdan olgan hissiyotlaringizni qanday tasavvur qilasiz? Bunda siz nimalarni his etasiz: hayajon, ruhlanish, cheksiy quvonch yoki xotirjamlik, balki asabiy titroq bo`lar? Reaksiyangiz qanday bo`lishidan qat`iy nazar, o`sha tuyg`ularni hayolan boshdan kechiring, qalbingizdan o`tkazing. Istagingizga erishib bo`lgandek ishonch bilan yashang. Hammasi yaxshi bo`lishiga intilmang. Shunchaki, istagingizni hayolingizda sodir bo`lgan fakt sifatida mustahkamlab qo`ying. “ hammasi muvaffaqiyatli chiqishi kerak” degan tushunchani “Xammasi muvaffaqiyatli o`tdi” degan tushunchaga al,ashtiring. Hammasi ortda qoldi siz buni uddaladingiz, shu sababli erishilgan g`alaba nashidasini suring. O`zingizni tabriklang. Hayqiring va quvonchdan sakrang. Maqsadga erishganingizni his etishdan qayta-qayta rohatlaning.
Bunda istagingizga qanday qilib erishishingiz haqidagi hayoliy manzalarga ko`p e`tibor berib o`tirmang, holbuki, bunda hayollar albatta, yuzaga keladi. Sizni ko`proq erishilgan natijani jismonan his etish qiziqtirsin: yuzingizdagi qizillik, duk-duk urayotgan yurak, terlagan kaftlar….