Orzu va maqsadlaringizni tezda amalga oshirishni xoxlaysizmi unda ushbu maqolani o`qib amalda qo`llashni tavsiya qilaman. 

 

Assalomu Alaykum!

Xurmatli do'stlar qanday qilib orzularingizni va maqsadlaringizni tezda amalga oshirish mumkinligi sizlarga qiziqmi?

Bu mavzuda ko'plab kitoblar va amaliy topshiriqlar berilganiga qaramay ko'pchilik insonlar shu paytgacha xali o'z maqsadlariga erisha olmaganlar. Sababi, ular shu paytgacha berilgan ilmlarni nazarga ham ilmaganlar va natijada hozirgi axvollari qanday bo'lsa shundayligicha qolib ketganlar. Maqsadlaringizga albatta erishasiz. Buning uchun esa siz o'z oldingizga qo'ygan maqsadingizni mukammal ravishda aniqlashtirib olishingiz kerak. Shundagina sizga  imkoniyatlar eshigi ochila boshlaydi. Buning uchun esa muhim texnikalarni bajarishingiz kerak bo'ladi.

Maqsadlaringiz qanchalik katta erishib bo'lmas bo'lib ko'rinishi mumkin lekin siz bu maqsadlaringizga albatta erisha olasiz. O'z oldingizga mashina olishni yoki samolyot sotib olishni xohlayman deb maqsad qo'ysangiz bu maqsadingizga ham erisha olasiz. Insonlar doimo yangi maqsadlarni o'z oldiga qo'yishadi va bu maqsadlariga erishishganidan keyin yanada ulkan yangi maqsadlarni ustuvor vazifa qilib belgilashadi. Siz ham maqsadlaringizni belgilashingiz va yanada ulkan maqsadlarga erishishingiz mumkinligini ozgina bo'lsa sizlarga tushuntira oldim deb o'ylayman.

Demak amaliy vazifaga o'tish vaqti keldi.

Amaliy topshiriq:

1. Yangi daftar olib Eng ko'p siz xohlagan istaklaringizni yozib chiqasiz.

2.  Siz oylik daromadingiz qancha bo'lishini xohlaysiz?            

3.  Yaqinlaringiz va do'stlaringiz bilan qanday munosabatlarni xohlaysiz?

4.  Qanday buyumlar va maishiy tehnikalarni sotib olishni xohlaysiz?

5.  Sizning qanday orzularingiz bor? Hammasini daftaringizga yozing.

6.  Istaklaringiz va orzularingizni hozirgi zamonda va chegaraviy muddat    qo'ygan holda yozing.

7.  Barcha maqsad va orzularingiz haqida aniqlik bilan hamma jihatlariga e'tibor berib yozing.

8.   Kamida 50 ta maqsadlaringizni yozing va belgilang.

 

Maqsadlar qo'yish borasida misollar:

 

  1. Men Amerikada ishlab chiqarilgan zamonaviy qora rangli Iphone X smartfoni egasiman. Iphonenimni rasmga olish funksiyasi judayam yuqori 20 mp kamera 126 gb xotiraga ega. Men Iphone X smartfonimda yuqori sifatli sur'atlar va videolar olayabman. Menga bu smartfonim ko'plab imkoniyatlarni taqdim etayabdi. Mana shunday qimmat va yuqori sifatli samrtfonim borligi uchun Allohimga xamd aytaman. Alhamdulillah (2023-yil 27-sentabr)

     2. Menga kerak judayam zarur bo'lgan narsa ya'ni Hp noutbook kompyuterini sotiboldim. Amerikada        ishlab chiqilgan yuqori funksiyaga ega kompyuter. Men ishdagi barcha yumushlarimni va barcha              kerakli fayllarni kompyuterimga yuklab olib ish jarayonimni osonlashtirayabman. (2023-yil 21-aprel)

 

Muhimi yuqoridagi formula asosida maqsadlarni yozish hisoblanadi. Maqsadlarni yozishda chin qalbdan xoxlab vizualizatsiya qilib yozish va shu orzularni amalga oshirish uchun harakat qilish lozim. Shundagina orzularingiz tezroq amalga oshadi. Insha`Allah