O`smir yoshlarni tarbiyalashda muhim tavsiyalar:

Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham dolzarb ahamiyatga ega bo`lib kelgan. Ammo biz yashayotgan 21-asrda bu masala haqiqatdan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo`lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, -  deydi donishmandlar.

Yoshlar, avvalo, ota-onasiga ishonishadi. Er-xotin o`rtasidagi janjallar, otasizlik, farzandiga yetarlicha e`tibor qaratmaslik oiladagi ma`naviy muhitni buzuvchi asosiy omillar sifatida qaraladi. 

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=cc3bc051804ca905471fc1cc372422df-4232390-images-thumbs&ref=rim&n=33&w=267&h=200

Ayni damda zamonaviy yoshlarning muammolari tobora dolzarb bo`lib bormoqda. Butun dunyo yoshlar orasidagi muvozanat o`zgarmoqda. Bizning yosh avlodimiz mehribon, halol va itoatkor bo`lish, oila haqida o`ylash o`rniga qaramlik, zo`ravonlik va ustunlik orqali ajralib turishni xohlaydi.

Shuning uchun kattalar oldida murakkab vazifa turibdi, bu o`smirlarda ezgulik, va insoniylikni tarbiyalashdir. Hozirda yoshlar orasida ahloqsizlik, alkogolizm, giyoxvandlik, chekish, jinoyat yoki o`z joniga qasd qilish, qadriyatlarni hurmat qilmaslik kabi muammolar mavjud.

Xulq-atvorning buzilishi: yoshlarga odob-axloq me`yorlarini yoshligidanoq o`rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu masala bevosita oila bilan bog`liq. Agar o`smir ota-onasining boshqalarga hurmatsizligini ko`rsa, 90% hollarda u boshqalarga ham xuddi shunday munosabatda bo`ladi. Bundan tashqari, bolaning tarbiyasiga atrofdagi do`stlari ham ta`sir qilmay qo`ymaydi. Avvalo bolani to`g`ri tarbiyalash, keyin esa uning do`stlari kim ekanini bilish kerak. Bu o`smirni ahloqsiz xatti-harakatlardan himoya qilishninh yagona yo`lidir. 

Alkogolizm: Alkogolizm yoshlarning ijtimoiy muammosi deb atash mumkin, chunki hech kim undan himoyanmagan. Bu ham irsiy moyillik sabab yoki orttirilgan bo`lishi mumkin. Spirtli ichimliklar ichishni erta boshlagan o`smir hayot mazmunini yo`qotadi. Keyinchalik esa ichish uning rag`batiga aylanadi. Bugungi kunda alkogolizm, jinsidan qat`iy nazar, yoshlarning eng dolzarb muammosidir.

O`smirlar  ichkilikbozligiga yo`l qo`ymaslik va jamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lib ulg`ayishi uchun bolalarni doimo nazorat qilish va tarbiyasiz do`stlaridan nari tutish kerak. Bolani sport, musiqa yoki boshqa sohalarga qiziqtirgan maqul.

Giyoxvandlik: Bu 21-asr yoshlarining jiddiy muammosi bo`lib, u bilan kurashish alkogolizmdan ko`ra qiyinroq. Giyoxvandlik ham odatda, xulq-atvor me`yorlariga bo`ysinmaydigan davralarda avj oladi. Bunday davralarga tushib qolgan o`smir taqdir taqazosi bilan vaziyatning qurboniga aylanadi va tengdoshlari bilan hamnafas bo`lish uchun giyoxvand moddani sinab ko`rishga qaror qiladi. Tez orada o`smir giyoxvand moddalarga qaram bo`lib qoladi. Undan qutilish juda qiyin. Shuning uchun hech qachon giyohvand moddani iste`mol qilmaslik kerak. Agar bu holat sodir bo`lsa, darhol davo choralarini ko`rish darkor.

Tamaki chekish: yoshlarning ushbu muammosi bir qarashda unchalik jiddiy emasdek tuyuladi. Ammo tamaki chekish global giyoxvandlikning asosiy manbai bo`lib, alkogolizm va giyohvandlikka olib kelishi mumkin. Chekishga moyilligi bor o`smirlarga uning salbiy oqibatlarini uqtirishimiz lozim. 

Jinoyat yoki o`z joniga qasd qilish: aksariyat hollarda aqli raso o`smirlar spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar iste`mol qilishmaydi. Chunki bu jinoyatga olib borishini yaxshi bilishadi. Biroq jinoyatlar o`smirlar ruhiyatining beqarorligi yoki muhabbat natijasida ham sodir bo`lishi mumkin. Shuning uchun bunday hollarda o`smirlarning ruhiy holatiga ko`proq e`tibor berish lozim. 

Yoshlarda yuzaga keladigan har qanday muammoga tarbiyasizlik sabab bo`ladi. Yoshlarga axloqiy-psixologik tarbiya borasida yetarlicha bilim berilmasa, to`g`ri yashashni, nimaga intilishni, eng muhimi, o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishni bilmay ulg`ayishadi.

Takidlash joizki, bolani tarbiyalash shunchaki axloq qoidalarini o`rgatish emas, balki, xatti-harakatlar bilan ham o`rnak bo`lishdir. Bolalar uchun sizning so`zlaringizdan ko`ra qilgan amallaringiz ko`proq saboq bo`ladi. O`zingiz amal qilmaydigan qoidalarni bola qanday qilib bajarsin?