Ovqat hazm qilishdagi muammolar

Ovqat hazm qilish-traktiga og`iz, halqum, oshqozon, ingichaka ichak, yo`g`on ichak, to`g`ri ichak, orqa chiqaruv teshigi kiradi. A`zolar ko`p ekan, tarqalgan kasalliklar spektri ham katta: ovqat hazm qilish bilan bog`liq kasalliklarga 70 millionga yaqin odam duchor bo`lgan.

Bu buzilishlar hamma sohada doimo faqat katta narsaga erishmoqchi bo`lgan odamlarga hos. Haddan ziyod rag`batlantiradi va biz adrenalinda yashaymiz, chunki uning yuqori darajasi bizlarni yuqori darajada bo`lishimizga yordam beradi, odamlar hech narsaga qaramay bu poygada ishtirok etishga shoshiladilar. Ular juda ko`p ishlaydilar, toliqtiradigan kechalarda ham tinim bilmaydilar, yerga qulab tushmagunlaricha, shunchaki harakat qilaveradilar, katta va kattaroq hukmronlikka intilaveradilar. Chetdan qaraganda, shunday odamlarning hamma narsasi yetarli, ammo tiyib bo`lmaydigan ishtaxalari o`zlariga past baho beradi, miyasi nosog`lom fikrlarga to`la. Ular o`zlarini boricha qabul qilishga va o`zlaridan mamnun bo`lishga o`rganishlari kerak. Ularning butun hayotlari tashqi farovonlikka mo`ljallangan – o`z nafsoniyatlari deb, qimmatli, ulkan uylar va avtomobillarga intiladilar, shundagina o`zlarini buyuk va yaxshiroq ko`rinishlariga ishonadilar. Ammo ko`p bo`lishi har doim ham yaxshi emas. Odam o`z ichki dunyosini ham to`ldirib, o`ziga sog`lom baho bera olishi kerak.

 

Ovqat hazm qilish tizimini davolash uchun turli medikamentoz vositalar bor. Ovqat hazm qilish a`zolarining buzilishiga jig`ildon qaynashi, yaralar, qorin dam bo`lishi,  kron kasalligi hamda yo`g`on ichakning qo`zg`alishi kabilar kiradi. Ammo medikamentoz vositalar (dorilar) kasallik ko`rinishini yo`qotadi, kasallik sababi ildizini yo`qotolmaydi. Agar sizda ovqat hazm qilish a`zolaringizda jiddiy kasalliklar bo`lsa, fikrlash tarzi va bu kasallik asosidaa yotadigan xatti-harakatlaringiz bilan mashg`ul bo`ling.

Ovqat hazm qilishdagi hamma muammolar bir hissiyotag-qo`rquvga asoslanadi. Masalan, oshqozon kasalliklari bilan aziyat chekayotganlar hayotda yuz beradigan mushkul ahvoldan qutilish uchun qodir emasman deb o`ylaydilar, omilkor emaslar yoki yangiliklardan qo`rqishadi. Ular ko`pincha o`ziga ishonmaganidan, qo`rquv va havotirdan ruhlari tushgan bo`ladilar. Bu sizga tanish bo`lsa va yangi tajriba qo`rquvlaridan halos bo`lishni istasangiz, dadil intiling.

Mana sizga ijobiy qoida: “Men hayotim bilan totuv yashayman. Har damda qaysidir yangilikni qabul qilaman. Hamma ishlar joyida” 

Agar siz ovqat hazm qilishdagi kasalliklardan qiynalayotgan bo`lsangiz, uni qo`rquvga bog`liq salbiy fikrlar keltirib chiqargan, sizga madadkor ijobiy qoida: “Men o`zimga yoqaman. Men o`z harakatlarimni qo`llayman. Men xotirjamman. Mening ko`nglim to`q”