manipulyator shaxs aniq tasvirlab ber
foto copilot

Manipulyatsiya - bu o'z manfaati yo'lida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga ta'sir ko'rsatish. Haddan oshiq manipulyatsiya- bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolg'onchilarning hiylasidir. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat o'rnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qo'lga kiritish uchun o'tkaziladigan ta'sirdir.

Manipulyatsiya oddiy ta'sir o'tkazish va ishontirishdan farq qiladi. Ta'sir o'tkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u ta'sir o'tkazilayotgan shaxsni ta'sirini qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi. Ishontirish-  bu boshqalarni odatda ma'lum bir maqsad zamirida istalgan hatti- harakat tomon yo'naltira olishlik qobilyatidir. Ta'sir o'tkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir.

Inson psixologiyasi nihoyatda murakkab, uning muhim qismini xayolot olami tashkil qiladi. Shunday ekan odam bir vaqtning o'zida ikki parallel olamda yashaydi; real hayotda va tasavvurlar dunyosida. Shunisi qiziqki, insonning aynan xayoliy dunyosiga tashqaridan osonlikcha ta'sir ko'rsatish mumkin. Muhimi shundaki, bu ta'sir doim yashirin xarakterga ega bo'lib, insonning o'zi buni ko'pincha payqamaydi. Bu jarayonni manipulyatsiya mexanizmi boshqaradi.

Buni hayotiy misollar yordamida izohlashga harakat qilamiz. Agar ko'cha- ko'yda kimdir bizdan “A” obektga borish yo'lini so'rasayu, biz unga “V” obektga bo'lgan yo'lni ko'rsatib yuborsak, bu manipulyatsiya hisoblanmaydi, bu shunchaki yolg'on ma'lumot berish bo'ladi. Bu holat manipulyatsiya hisoblanishi uchun, biz o'sha odamning ongostiga qandaydir yashirin yo'llar bilan ta'sir ko'rsatib, uning o'z xoxishi bilan “V” obektga borishiga erishishimiz kerak. Zotan, manipulyatsiya bu ong ustidan hukmronlik o'rnatish bo'lib, unda inson ruhiyati, hatti- harakatlari va dunyoqarashiga ta'sir ko'rsatiladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida qo'llanilishi nuqtai nazaridan, manipulyatsiyani inson tafakkuri ustidan nazorat o'rnatish deya baholash mumkin.

Manipulyatsiyaning muhim jihatlaridan biri shundaki, u orqali obektning hatti- harakatlarini dasturlash mumkin. Manipulyator doim insonning aynan ruhiy dunyosini mo'ljalga oladi. Bunda manipulyatsiya obektiga shaxs sifatida qaralmaydi. Manipulyator uchun u shunchaki ta'sir ko'rsatishning obekti bo'ladi. Agar odam o'ziga qaratilgan murojaatlarning asl mohiyatini bilib tursa, yashirin maqsadlardan xabardor bo'lsa, bu holatga manipulyatsiya sifatida baho berib bo'lmaydi. Shunday ekan, manipulyatsiyaning maqsadlari fosh etilgan taqdirda, shu vaqtdan boshlab ta'sir ko'rsatishning manipulyativ xarakteri yo'qoladi.

Manipulyatsiya mexanizmi ishga tushishi uchun soxta reallik yaratiladi, mana shu nuqtada manipulyatorga ommaviy axborot vositalari auditoriyaga ma'lumot shaklidagi tayyor xulosalarni uzatadi, keyinchalik esa bu qarashlar odamlar tomonidan shaxsiy xulosalari sifatida o'zlashtiriladi. Odamlar manipulyator tomonidan da'vat etilgan o'sha hatti- harakatlarni amalga oshirganda buni hatto payqamaydi ham, negaki bularning barchasini o'z xohish- ifodalari bilan bajarayotgananlik tasavvuri ularga allaqachon singdirilgan bo'ladi.

Bugungi dunyo voqeliklari- manipulyatsiyaning yaqqol ko'rinishidir, biroq bu alohida shaxslar ongiga ta'sir ko'rsatish emas, butun bir millatlar, jamiyatlar ongiga ta'sir ko'rsatishdir. Odamlarga ularning qadryatlari va qarashlariga mohiyatan zid bo'lgan soxta maqsadlar osonlikcha singdirilmoqda. Muammo shundaki, auditoriyaning aksar qismi o'zi qabul qilayotgan axborot oqimini tahlil qilish, juda bo'lmaganda, o'sha ma'lumotlarning to'g'ri yo noto'g'riligini tekshirib ko'rishni istamamaydi. Axir axborotni shunchaki qabul qilish unga baho berish, tanqidiy nazar solishdan ancha osonroqdir. Bu- ma'lumotlarning muvaffaqiyat qozonishni ta'minlab turadigan asosiy jihatdir. Manipulyativ ta'sirning xavfliligi shundaki, ta'sir doirasiga tushib qolgan odam nafaqat o'ziga uqtirilgan harakatni amalga oshiradi, balki ich- ichidan bu harakatni o'z xoxishiga ko'ra amalga oshirayotganiga sitqidildan ishonib qoladi. Manipulyatsiya o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishdi deb hisoblanishi uchun, odamning hatti- harakatlari butunlay dasturlanishi, hatto uning avvalgi qarashlariga zid bo'lgan tushunchalar ham u tomondan qadiryat sifatida qabul qilingan bo'lishi kerak. Bundan ko'rinib turubdiiki, manipulyatsiya ikki tomonlama ta'sir ko'rsatish deganidir. Manipulyator obektga ta'sir ko'rsatishni boshlaydi, o'z navbatida obekt esa manipulyatsiya jarayonining hamkoriga aylanadi.

Manipulyatsiya jarayonida ikkita qarama- qarshi tomon ishtirok etadi: manipulyatsiyani amalga oshiruvchi- manipulyatsiyaning sub'yekti hamda manipulyatsiya qaratilgan shaxs- manipulyatsiyaning obekti. Manipulyatsiyaning sub'yekti manipulyator deb ham yuritiladi. Manipulyatsiyaning obekti esa individ yoki omma ongi bo'ladi. Aksariyat rus olimlari, S. Kara- Murzaning manipulyatsiya haqidagi qarashlarini qo'llab- quvvatlagan holda G'arb, xususan Amerika OAVni “ongni zaharlovchi mashina”, “ruhiy terror vositasi” kabi ta'riflar bilan yonma- yon qo'yadi, auditoriyani esa axborotni passiv qabul qiluvchi kishilar uyushmasidan iborat, deb hisoblaydi: “Muvaffaqiyatli manipulyatsiyaning birinchi (ehtimol asosiy) sharti shundaki, ko'p hollarda fuqorolarning aksaryati xabarlarning to'g'riligidan shunchaki shubhalanish uchun na ruhiy va aqliy quvvati, na vaqtini sarflagisi keladi. Chunki, passiv ravishda axborot ”oqimi" bilan birga “suzish”, har bir signalni tanqidiy nuqtai nazardan qabul qilishga qaraganda ancha oson".

Psixologik manipulyatsiyaning turlari

Psixologik manipulyatsiya turli shakillarda yuzaga chiqishi mumkin, lekin ularning barchasida umumiy bir maqsad- odamning fikrini yoki qararoni boshqarish yotadi. Quyidagi manipulyatsiya usullari keng tarqalgan:

1. Gaslighting manipulyatsiyasi- bu manipulyatsiyaning eng zararli turlaridan biridir. Unda manipulyator, qurbonning o'z his- tuyg'ularini, xotirasini yoki fikrini inkor etishga harakat qiladi. Masalan, qurbon biror voqea yoki suhbatni eslayotganida, manipulyator uni soxta ma'lumotlar bilan chalkashtiradi va “bunday bo'lmagan” yoki “siz noto'g'ri eslaysiz” deb uni shubha ostiga qo'yadi. Bu jarayon qurbonning o'z haqiqatiga bo'lgan ishonchini susaytiradi va uni o'ziga ishonmaslikka olib keladi.

2. Guilt- tripping (Vijdon azobi yaratish). Bu usulda manipulyator, qurbonni o'zining xatti- harakatlari uchun aybdor his qilishga majbur qiladi. Ularning xatti- harakatlari yoki qarorlari nohaqlik yoki egosentrik motivlar bilan boshqariladi, ammo bu holatni manipulyator qurbonning e'tiboriga sun'iy ravishda taqdim etadi. Misol uchun, “Agar men buni qilmasam, sen menga yordam bermagan bo'larding” kabi iboralar yordamida qurbonni o'zini aybdor his qilishga majbur qilishadi.

3. Yashirin tahdidlar yoki qo'rquv uyg'otish. Bunday manipulyatsiya usulida, manipulyator ochiq- oydin tahdidlar o'rniga, noaniq va yashirin tahdidlar yordamida qurbonni qo'rqitadi. Masalan, biror kishiga “Bunday gaplarni qilsang, seni hech kim tushunmaydi” yoki “ Sizni bu narsani qilishga majbur qilishim mumkin, ammo hozircha buni qilishni xoxlamayman” degan so'zlar aytiladi. Bunda qurbonni qandaydir nohush holatlar kutib turishi haqidagi tasavvurlarni yaratish orqali, manipulyator uning harakatlarini boshqaradi.

4. O'zini qurbon sifatida ko'rsatish- manipulyatorlar o'z zaifligini, qashshoqligini yoki ruhiy holatini doimiy ravishda ta'kidlab, boshqalarni o'zlariga qarshi hamdardlikka majbur qilishadi. Bu usulda manipulyator odamlarni o'zini himoya qilish uchun majbur qiladi, lekin aslida u o'zi uchun foyda olishni maqsad qiladi. Masalan, “Agar men bu ishni qilsam, sen menga yordam bermasang, men hali ham seni yaxshi ko'rishimni qanday kutmoqdasiz?” kabi so'zlar qurbonni aybdor qilib qo'yadi va uning qarorlarini boshqarish uchun ta'sir qiladi.

Manipulyatorlarning belgi-xususiyatlari

Manipulyatsiya uchun motivatsiya o'z- o'ziga xizmat qilish yoki boshqalarga yordam berish yoki foyda keltirish bo'lishi mumkin. Anti- ijtimoiy manipulyatsiya- bu ‘’boshqalarning hisobidan o'zining shaxsiy maqsadlari yoki manfaatlariga yetishish uchun foydalanish ko'nikmalarini ishlatishdir'', ijtimoiy xulq- atvor esa ‘’boshqa shaxs yoki shaxslar guruhiga yordam berish yoki foyda keltirish uchun mo'ljjalangan ixtiyoriy harakat''.

Hissiy manipulyatsiyani oldindan aytib beruvchi omillarni tadqiq etish shuni ko'rsatadiki, hissiy manipulyatsiya ortidagi mexanizmlari jinsga qarab farqlanadi:

"Erkaklar uchun yuqori darajadagi hissiy intellekt, ijtimoiy ma'lumotlarni qayta ishlash, bilvosita tajovuzkorlik va o'z manfaati yo'lidagi kognitiv buzilishlar hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan''.

"Ayollar uchun esa yoshroq bo'lish, hissiy intellektning yuqori darajasi, bilvosita tajovuzkorlik, birlamchi psixopatik belgilar va past darajadagi ijtimoiy ogohlik hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan. Biroq, ayollar uchun hissiy intellekt bostiruvchi sifatida xizmat qilgan''.

Manipulyatsiya va ruhiy kasalliklar 

Shaxsiyat chegarasi buzilishi o'ziga xos guruhlashga ega masalan, ‘’chegara'' manipulyatsiyani qasddan bo'lmagan va disfunktdional manipulyatsiya sifatida tavsiflanadi. Marsha M. Linehanning ta'kidlashicha, shaxsiyat chegarasi buzulishi bo'lgan odamlar ko'pincha manipulyatsiya qilishda asli manipulyativ bo'lmagan xatti- harakatlarni namoyon qiladilar. Linehanga ko'ra bular ko'pincha kuchli og'riqning o'ylanmay qilingan xatti- harakatidir va ko'pincha atayin qilinmagani uchun haqiqiy manipulyativ hisoblanmaydi. DSM- V da manipulyatsiya shaxsiyat chegarasi buzulishining belgilovchi xususiyat sifatida olib tashlandi.

Klinik baholash

Hissiy manipulyatsiya shkalasi- manipulyatsiya qilishda shaxslar tomonidan qo'llaniladigan usullarni tavsiflash uchun o'nta bandli shkaladan foydalanadi.

Boshqalarning his- tuyg'ularini boshqarish shkalasi- boshqalarning his- tuyg'ularini o'zgartirish qobilyatini o'lchaydi. Sinov olti toifani aniqlaydi: kayfiyat (yoki hissiy holat) ko'tarilishi, kayfiyatning tushishi, his- tuyg'ularning yetishmasligi va kayfiyatni yaxshilash uchun chalg'itishdan foydalanish. Kayfiyatni tushirish va chalg'itish toifalari manipulyativ xatti- harakat qobilyati va moyilligini aniqlash uchun ishlatilib kelinadi.

Manipulyatsiya (lotincha manipulus-qo'l harakati)

  • Qo'l mashqi qo'l harakati, shu jumladan, qo'l mahoratiga tayangan fokus namoyish qilish;
  • Maxinatsiya, aldov, tovlamachilik, qalloblik orqali g'arazli maqsadga erishish;
  • Odamda ma'lum motivatsion holatlarning (hissiyotlar, attityudlar, stereotiplar) faollashuviga olib keladigan kommunikatsion ta'sir.

Bu ta'sir odamni har qanday xatti- harakatga undashi mumkin. Ayrim mutaxassislarning ta'kidlashicha, manipulyatsiya- psixologik ta'sir turlaridan biri hisoblanib, kishini ma'lum xatti- harakatlarni amalga oshirishga bilvosita undash orqali bir tomonlama yutuqqa erishish maqsadida foydalaniladi. Manipulyatsiyaning xatarli jihati shundaki, u ichki parokandalik, shaxs yaxlitligining buzilishi, uning tashqi ta'siriga berilib ketishiga sabab bo'ladi. Amerikalik psixolog R. Chaldini manipulyatsiyaning bir necha turlarini ajratib ko'rsatadi: masalan, yordam so'rash; sotuvchining, reklamaning xaridorga ta'siri; siyosiy targ'ibot; bolalarni tarbiyalash va hokazo. Uning fikricha, turli xil fondlar uchun mablag' yig'uvchilar; ko'chada savdo qiluvchilar; ishbilarmonlar; biznesmenlar; savdo agentlari; reklam xodimlari ham manipulyatsiyadan keng foydalanadi. Manipulyatsiyaning ta'siri va oqibatlari ayniqsa, soxta diniy tashkilotlar, aqidaparastguruhlar faoliyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunda avvalo odamlarning ongiga ta'sir etib, ularning xatti- harakati (individual jismoniy hayotni boshqarish, tobelik va bo'ysunuvchanlikni shakillantirish), olayotgan ma'lumotlar haqiqiy holatni yashirish yoki buzib ko'rsatish, tanqidiy ma'lumotlarni taqiqlash, tafakkurni (tashkilot g'oyasini majburan singdirish, voqelikdagi xodisa- voqealarni ana shu g'oya nuqtai nazaridan "yaxshi'' va ‘’yomon'' ga ajratish, hissiyotlarni (shaxs hissiyotlarini zaiflashtirish, aybdorlik tuyg'usini singdirish, gunoh, kamchilik va xatolarni rasman tan olishga undash, qo'rquv xissidan foydalanish) nazorat etish orqali har qanday vazifa yoki topshiriqni bajaradigan, muayyan g'oya va mafkuraga tobe etilgan, o'zligidan mahrum bo'lgan kimsalar shakllantiriladi.