Qandli diabet kasalligi.
- Qandli diabet qanday kasallik;
- Kasallikning belgilari;
- Kasallikning davosi;
- Kasallikka chalingan bemorni parvarish qilish.
Qandli diabet yoki ilgargi nom bilan atalganda qandli siyish, modda almashinuvi, assosan uglevod almashinuvi buzilishiga olib keladigan insulin yetishmovchiligi bilan bog`liq xastaliklardan biridir. Mazkur kasallik noxush omillar (ruhiy iztirob, me`da osti bezi kasalligi, muntazam ravishda pala-partish ovqatlanish va boshqalar) ta`siri ostida rivojlanadi. Bu borada irsiyatning o`rnini ham inkor etib bo`lmaydi.
Kasallik mohiyati tananing a`zolar va to`qimalar ovqat bilan tushgan qand moddasini yig`ish qobiliyatining buzilishidan iborat. Singimagan qand qonga tushadi va siydikda paydo bo`lib, sizydik orqali tashqariga chiqariladi.
Kasallikning belgilari: Bemorlarda tashnalik oshishi, ishtaha kuchayishi, ko`p siyishdan (sutkalik siyish miqdori me`yoridan ancha oshadi), teri qichishidan noliydilar. Umumiy darmonsizlik orta boradi, tana massasi kamayadi.
Kasallikning davosi: Qandli diabet tanada insulin yetishmasligiga bo`gliq bo`lgani sababli davolash tanaga insulin yuborishga asoslangan. Diabetli bemor ratsionida oqsillar, yog`lar, uglevodlar va vitaminlarning fiziologik miqdorlari bo`lishi kerak.
Kasalni parvarish qilish: Bemor statsionardan chiqqandan keyin uyida teri osti insulin inyeksiyalarini (ba`zan mustaqil) qilishni davom ettiradi. Bemorga bu muolajani to`g`ri bajarishni o`rgatish lozim. Qandli diabeti bo`lgan bemor ovqatni qat`iy belgilangan soatlarda yeyishi, ovqat yeyishning insuliv inyeksiyalari bilan bo`gliq holda olib borilishiga aniq rioya qilishi kerak. Bemor diabetik bexushlik holatining ham, gipoklikemik bexushlik holatining ham alomatlarini bilishi va u paydo bo`lganda o`zi hamisha yonida olib yuradigan qanddan bir chaqmog`ini og`ziga tashlashi kerak. Diabet bilan xastalangan har bir bemorga terining yiringli kasalliklari profilaktikasini qunt bilan ta`minlash kerak, chunki diabetda ularga moyillik bo`ladi. Bemor vannada issiq suv bilan sovunlab cho`milishi,ichki kiyimlarini, ayniqsa yozda badan ko`p terlaydigan paytlarda muntazam alishtirib turishi kerak.