Qizamiq yuqumli kasallik…
Bolalarda yuqumli qizamiq kasalligi, davolash va kasallikni oldini olish…
Bu o`tkir virusl infeksiya yaxshi oziqlanmagan yoki sil bilan kasallangan bolalar uchun, ayniqsa, xavfli. Kasallik yuqqandan so`ng 10 kun o`tib, shamollashdagikabiisitma, burun oqishi, ko`zlarning og`rib, qizarib ketishi va yo`tal bilan boshlanadi.
Bolaning ahvoli borgan sari yomonlashib boraveradi. Uning og`zi juda qattiq og`riydi, ichi surib turishi ham mumkin. 2 yoki 3 kundan so`ng og`izda tuz donachalariga o`xshash kichkina dog`lar paydo bo`ladi. 1 yoki 2 kundan so`ng toshmalar paydo bo`ladi- avval quloqlar orqasi va bo`yinga, so`ng va yuz va tanaga va oxiri qo`l va oyoqlarga toshadi. Toshma toshib bo`lganidan so`ng bola odatda tuzala boshlaydi. Toshma 5 kun turadi. Teri ostiga qon quyilishi natijasida qora toshmalar paydo bo`ladi. Bu – kasallikning ancha og`irligidan dalolat beradi. Tezlik bilan tibbiy yordam olish lozim.
Davolash:
Bola yotishi, unga ko`p ichimlik va to`yimli ovqatlar berilishi kerak. Agar u quyuq ovqatni yutishga qiynalsa, unga sho`rva singari suyuq ovqatlar bering. Iloji bo`lsa, ko`z shikastlanishining oldini olish uchun A vitamin bering.
Isitma va og`riqqa qarshi pediatr vrach tavsiyasi bilan dori bering. Agar quloq og`rig`i bo`lsa, antibiotik bering. Agar bolaning ichi ketayotgan bo`lsa, unga suvni tiklovchi ichimlik bering.
Oldini olish:
Qizamiq juda yuqumli kasallik bo`lib, unga chalingan bolalar, hatto aka-uka, opa –singillaridan ham uzoqroqda bo`lishi kerak. Ayniqsa, bir qadar oriq, sil va boshqa surunkali kasalliklar bilan og`ruvchi bolalarni ehtiyot qiling. Boshqa oila bolalari qizamig`i bor xonadonga kirmasligi kerak. Qizamiqqa chalingan xonadon bolalari o`zlari hali qizamiq bo`lmagan bo`lsalarda, 10 kun davomida bog`cha, maktab yoki boshqa jamoat joylariga bormasliklari kerak. Qizamiq bolalaringiz umriga zomin bo`lmasligi uchun ularning yaxshi ovqatlanishiga e`tibor bering. Bolalaringizni qizamiqqa qarshi 6-12 oyligida emlating.