Arterial gipertoniya mayda periferik qon tomirchalari-arteriolalarning tonik qisqarishi oqibatidir. Mayda qon tomirchalarni tegishli quvurlar tizimida bosimni belgilab beruvchi vodoprod jo`mragiga qiyoslash mumkin. Arterolaning biror bir torayish darajasi diastolik bosim darajasini belgilab berishi lozim.

Uning kelib chiqishida bir nechta omillar sabab bo`lishi mumkin.

  1. Moyillik omillari: Irsiy-oilaviy moyillik; yosh jihatlari; kishi hayoti davomida orttirgan, miya tomonidan birinchi galda funksional, trofik (miya ta`minlanishi buzilishi), ba`zan organik xususiyatdagi buzilishlar; buyrak, endokrin bezlar va tomir tizimlari tomonidan yuzaga kelgan o`zgarishlar.
  2. Qo`zg`atuvchi omillar: O`tkir ruhiy-hissiy shikastlanish; tez-tez yuz beradigan va uzoq davom etadigan asabiy zo`riqishlar, hissiy mojarolar yoki miya to`qimalarini zo`riqtiruvchi doimiy ruhiy horg`inlik; miya shikastlanishi; klimaksdagi asabiylik.
  3. Patogenetik omillar: Pressor gormonlar-bosimni tartibga soluvchi moddalar faolligini kuchayishi; buyrak ishemiyasi (qon aylanishining pasayishini ta`minlovchi moddalar va kislorod yetkazib berishning kamayishi), remin-gipertenzin (buyrakda ishlab chiqariluvchi va bosimni oshiruvchi faol modda) hosil bo`lishining kuchayishi.

Yuqori qon bosimini davolashda qo`llaniladigan tabiiy vositalar.

https://avatars.mds.yandex.net/i?id=14719139e18bea609b845ba77f808ac8-4531164-images-thumbs&n=13
  • Shaftoli qoqi bilan olxo`rini teng miqdorda olib qaynoq suvda damlab ichiladi.
  • Makkajo`xori popugini qaynoq suvda damlab, kunda uch mahal bir piyoladan ichiladi.
  • Ismaloqni qaynagan suvda uch daqiqa tutib, kunjut yog`i aralashtirib, uch mahal yeyiladi.
  • Yangi turpni yanchib, siqib chiqarilgan suvidan kunda ikki piyola ichilsa, foydali.
  • Olmani yuvib, siqib sharbatini olib, 3mahal, 100 ml dan ichiladi.
  • Kuniga bir dona banan yesa, qon bosimi bir me`yorda saqlanadi.
  • Achchiq anor sharbatini saharda ichsa foydali.
  • Har kuni ertalab va kechda bir stakan sof asal suvi ichilsa, durust bo`ladi.
https://avatars.mds.yandex.net/i?id=f098275229d3d53ff7efd2d805323c9b24559740-10414552-images-thumbs&n=13
  • Kunga boqar bargini qaynatib ichiladi.
  • Yuqori qon bosimi bilan kaltsiy kamligi o`zaro aloqador bo`lib, har kuni 3 piyola qaymoqsiz sut ichilsa, badan uchun 800 ml kaltsiy yetkazib beriladi.
  • Yupqa yoyilgan shilpildoqqa ismaloq oshko`k seldr, sholg`om solib tayyorlangan ovqatdan ertalab yeyiladi.
  • Bir dona g`oz tuxumini teshib, ichiga bir dona kabobaichin solib teshikni xamirda yopib, dimlab oishirib, kunda bir donadan uzmasdan yetti kun beriladi.
  • Chilonjiyda, shaftoli qoqi, nasha ildizi, jo`xori popugi, bodring urug`i, sariq o`t kabilarni teng miqdorda arlashtirib, qaynatib, to`ppasini suzib tashlab, suvi ichiladi.