Raxbarning liderlik xususiyatlari

Yetakchilik yoki liderlik, bu-unvon yoxud oddiy bir sifat emas, bu-yon-atrofdagilarga ijobiy ta`sir qilish va uylarni olg`a borishga ilhomlantirish orqali yuqori natijalarga erishish degani.

Yetkchi rahbarlar xodimning boshqalar bilan o`zaro munosabat o`rnatish va muomala qilish ko`nikmalari, hissiy anglash salohiyatlari, maqsad yo`lida qat`iy mehnat qilishga daxldor fazilatlarini tez aniqlay oladilar.

Liderlar boshqaruvda o`rnak bo`lish orqali xodimlarga ta`sir o`tkazadilar, ular ilg`or fikrlari orqali boshqalarni mehnat qilishga ilhomlantira oladilar.

Yetakchi rahbar shaxsiyatlaridagi besh xususiyatlari bilan ajralib turadilar:

  • Qaror qabul qilib, tavakkal qilishdan cho`chimaydilar;
  • Taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun qat`iy harakat qiladilar;
  • Maqsadda qat`iy bo`ladilar va chalg`imaydilar;
  • O`rganishdan to`xtamaydilar;
  • Ichki kuch-g`ayrat topa oladilar;

Ya`ni liderlar ehtiyotkor emas. O`z harakatlarida qat`iy turib, olg`a boradilar.

Bundan tashqari, yetakchi liderlarga xos quyidagi jihatlar mavjud:

  • Ishchan va g`ayratli bo`ladilar;
  • Ijodiy yondashadilar;
  • Ertani ko`ra oladilar;
  • Xodimlarni himoya qila oladlilar;
  • Xodimlar bilan faol muloqotda bo`ladilar;
  • Xodimlarni rag`batlantirish yo`llarini izlaydilar.
  • Bunday jihatlar insonda tug`ma bo`lmaydi va ular mehnat faoliyati davomida hosil bo`ladi. Tasavvurni haqiqatga aylantirish qobiliyatiga ega yetakchilar chin ma`noda millat taraqqiyotining yangi davrini boshlab beradilar.