Samootsenka nima…??? Ayollarda samootsenkaning ahamiyati va samootsenkani oshirish…
Samootsenka - o`ziga baho
Bizni o`rab turgan jamiyat har kuni bizga qarab baho beradi. Bu bahoni, albatta, bizning bahomizdan kelib chiqib baholaydi. Siz xonaga kirishingiz bilan siz haqingizda barcha ma`lumotlarni o`zingiz ongosti darajasida “baqirib” aytib turasiz. “ Men xunukman, ko`zlarim g`alati, burnim o`zimga yarashmaydi, qulog`im katta”. Bu sizning o`zingiz haqingizdagi fikringiz. Sizni ko`rgan har qanday odam siz haqingizda xuddi shunday o`ylaydi.
Esda saqlang: boshqalar sizga aynan o`zingizga bergan bahongizdan ortiqroq baho berishmaydi!!! Siz gapirsangiz ham, o`zingiz haqingizdagi fikrlar har lahza tashqariga baralla eshitilib turadi. O`zingizga bo`lgan ishonchni bahoni oshirish uchun quyidagi mashqni har kuni tongda bajaring.
Mashq
Ko`zguga qarang va yuzingizdagi har bir a`zoga minnatdorchilik bildiring. O`zingizdan go`zallik toping. Ayting: “Salom qirolicha. Sen judayam go`zalsan. Yuzlaring silliq, tering go`dakniki kabi nozik va mayin. Ko`zlaring sirli, sehrli, olovli, istagan odamni asir qila oladi. Qohlaring kamon, kipriklaring xanjar. Istarasi issiq farishtalisan. Seni yaxshi ko`raman. Shundayligingcha yaxshi ko`raman”. O`zingizga tabassum qiling.
O`zingizni quyidagicha maqtang:
- Men sevimliman va shuning bilan birga o`zimni, o`zgalarni, butun borliqni seva olaman.
- Mening hayotimda hamma narsa oson va yengil ro`yobga chiqadi.
- Men talantliman, har doim yangilikka intilaman, mening hayotim baxtga to`la.
- Men barcha yangiliklarga, o`zgarishlarga tayyorman va ularga to`la ochiqman, ularni oson qabul qilaman.
- Men quvnoqman, borliqni adolatli ekanligiga ishonaman.
- Men mehribonman. Qalbimda svgi quyoshi mavjud va u hamisha atrofga sevgi nurlarini taratib turadi.
- Men yangi bilimlarga, yangi tanishuvlarga ochiqman!!! Ularni oson qabul qilaman.
- Men qabul qila olaman shu hislatim mening baxtli bo`lishimga yordam beradi.
- Men hamma narsadan zavqlana olaman. Hozir va shu yerda baxtliman.
- Men go`zal maftunkor ayolman.
- Men hozirda mavjud tanamni borligicha qabul qilaman.
- Men o`zimni qadrlayman va o`z qadriyatlarimni qabul qilaman.
Agar ayol erkak bilan suhbatlashayotganda o`z munosobatlari bilan hurmat va e`tiborga loyiqligini ongosti darajasida ifodalay olsa, erkak buni his qiladi va shu ayolga alohida hurmat ko`rsatadi. Ayol o`zini qanchalik hurmat va g`amxo`rlikka loyiq deb hisoblasa, erkak unga shuncha hurmat va g`amxo`rlik qiladi. Ko`p ayollarning xatosi shundan iboratki, ular erkaklaning muhabbatiga loyi`q bo`lish uchun xizmat qilish kerak deb o`ylashadi. O`zini unutgan holda faqat erkaklarning istalgan xohishlarini bajarishga intilish natijasida ayol o`z ayollik tabiatini yo`qotib qo`yadi va erkak oldini obro`yini tushirib yuboradi. Chunki berish-erkaklarning ishi, ayollar esa faqat olish uchun yaralgan. Erkaklar har doim o`ziga ishongan ayollarni tinglashni istashadi.