Shaxsiy imij yaratish.
Imij yaratish uchun muhim tavsiyalar…
Boshqalar sizning ko`rinishingizga e`tibor bermasdan, shaxsiyatingiz va xarakteringizga qarab baholashlarini umid qilish be`manilikdir.
Agar siz shaxsiy imijingizni shakllantirishga extiyoj sezgan bo`lsangiz bu jarayonda bir qancha omillarni hisobga olishingizni, avvalo, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilishingizni maslahat beraman:
- Imijni kim uchun yaratmoqchisiz?
- Imij yaratishdan maqsad nima?
- Siz nimaga qodirsiz?
- Imij yaratishga yo`naltirilgan jamoa nimani istaydi?
Odatda imij xodimlar, pdagoglar, talabalar, oshiqlar, rafiqalar uchun yaratilishi mumkin. Ya`ni imij yaratish muayyan auditoriyaga –shaxs yoki shaxslar jamoasiga yo`naltirilgan bo`ladi. Maqsad-e`tibor qozonish, karyera yaratish va ta`sir o`tkazishda samaradorlikka erishish. Imij yaratishda, moddiy, ma`naviy, intellectual imkoniyatlar hisobga olinishi zarur.
Muayyan maqsaddan kelib chiqqan holda imij yaratish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish samarali natija beradi. Bu borada quyidagi bosqichlarni tavsiya qilaman:
- Imij yaratilayotgan jarayonni tahlil qilish;
- Raqobatchilarni, atrofdagilarni tahlil qilish;
- Imij yaratilayotgan auditoriyani o`rganish;
- Ta`sir strategiyasini ishlab chiqish;
- Obraz qiyofani shakllantirish;
Yuqoridagi bosqichlarni tahlil qilib, barcha omillarni hisobga olgan holda qiyofa-obraz yarating. Xatti-harakatlar, fe`l-atvor, tashqi ko`rinish, muomala, munosabat kabilarning barchasi umumlashgan holda sizning ijobiy obrazingizni shakllantirishga yo`nalishi lozim. Shu bosqichda sizning imij yaratish jarayoningiz tugaydi. O`zligingiz, boshqalarga bo`lgan munosabatingiz, yaqinlar va begonalarga ko`rsatgan himmatingiz evaziga o`zgalar tasavvurida szining portretingiz chiziladi. O`z imijingizdan “ijtimoiy mahsulot” sifatida foydalana boshlaysiz. Ya`ni imijni ta`sir o`tkazish vositasiga aylantirasiz. Endi imijingiz vositasida atrofingizdagilarni boshqarishingiz, yetakchilik qilishingiz, to`g`ri yo`lga boshlashingiz, yaqinlaringiz qalbidan joy olishingiz mumkin. Mahsulotning baxosini bozorga chiqqanda bilgandek, o`z qadringizni o`zgalar bilan munosabatga kirishganda bilasiz. Qanchalik go`zal imij yaratgan bo`lsangiz o`zgalarga shunchalik kuchli ta`sir o`tkaza olasiz.
Ishbilarmon insonning imiji quyidagilardan iborat:
- zamonaviy, chiroyli garderob
- yaxshi ishlov berilgan sochlar, qo`llar va tirnoqlar
- sifatli kosmetikalar
- zamonaviy aksesuarlar
- betakror, chiroyli soch turmagi