SHUUR VA ONG QUDRATI…
Ong va shuur
Shuuringizdagi dunyoni ostin-ustin
qilishga qodir kuch yashiringan
Uilyam Jeyms
Inson miyasi ikki vajga ega. Endi miyaning ikkinchi tomoni-sirli afsonaviy shuur bilan tanishish vaqti keldi. Shuur qudrati insonni lol qoldiradi. Ma`lumki, u inson organizmining qon aylanishdan tortib nafas olish va ovqat hazm qilishgacha bo`lgan barcha hayotiy muhim funksiyalarini nazorat qiladi va boshqaradi. Yana shu ham aniqlanganki, shuurda inson boshidan kechirgan barcha voqealar muxrlanadi. U yerda xayotimizdagi har bir hodisa shuningdek, bu hodisalar bilan bog`liq fikrlarimiz va xis-tuyg`ularimiz ham yozib boriladi.
Aynan shuur ko`p hollarda insonning faoliyatini yo`naltirib, unga yordam beradi. Intuitsiya, tush, xissiyot va oldindan sezish orqali u bizga kerakli g`oyalar va yechimlarni ko`rsatadi. Bu qobiliyatni bir bora kashf etgach, inson xech qanday vaziyatda nochor qolmaydi.
Va nihoyat, aynan shuur yordamida muntazam takrorlanuvchi impulslar-xislar va kechinmalar jadallashadi hamda moddiy tus oladi. Siz o`zingiz moddiy hayotda ro`yobga chiqishini istaganingiz reja, fikr yoki xissiyotni ongli ravishda shuurda mustahkamlasangiz, tez orada o`ylagan narsangizning moddiy shaklda ko`rasiz. Shuur sizga samarali xizmat ko`rsatishga tayyor, lekin oz sonlI odamlargina uning kuchidan foydalana oladilar.
Ong va shuur atrofidagi voqelikni yaratish ustidan birgalikda qanday ishlashini ko`rsatish uchun yana tashbehga murojaat qilaman. Shuur hosildor yerga o`xshaydi-kelib tushgan har qanday urug`ni kurtak ochiradi. Fikrlaringiz, qarashlaringiz – bular yerga ekiluvchu urug`lardir. Bug`doydan boshoq unib chiqgandek, shuurga ham nima eksangiz, shuni o`rasiz.
Unutmang, ong –bu bog`bon, sizning vazifangiz-ichki bo`gingizga nima tushishi lozimligini tushunish va saralab olish. Saralash bilan shug`ullanmasak, ichki bog`imizga turli-ham yaxshi, ham yomon urug`lar kirishiga yo`l qo`yamiz, holbuki, aynan ular hayotimizda ro`y berayotgan voqealar sababchilaridir. Hayotda nega omadimiz kelishi yoki kelmasligini tushunish uchun ushbu ichki olamimizga nazar solishimiz kerak.
Shuurning ko`zi ko`r. u muvaffaqiyat va farovonlik bilan bab-barovar omadsizlik, kasallik yoki kulfatni ham birdek akas ettiradi. Va unga singdirgan narsamizni hayotimizda ro`yobga chiqaradi. Shuurga nima taqdim etilsa, qanday taqdim etilsa (ijobiy kayfiyatdami yoki salbiy munosabat bilanmi), o`sha narsani o`shanday shaklda qabul qiladi. U ong kabi vaziyatni baxolashga va siz bilan baxsga kirishishga qodir emas.
Hayotingizni o`zgartirish niyatingiz bo`lsa, sababini izlash lozim-bu esa ongni qanday ishlatishingizga: fikr yuritish tarzi va tasavvur qilish mahoratiga bog`liq. Siz bir vaqtning o`zida ham ijobiy, ham salbiy fikr yurita olmaysiz. Muayyan paytda fikr yuritishning u yoki bu shakli ustunlik qilishi shubxasiz. Fikr yuritish tarsi asta-sekin odatga aylanadi, shu sababli siz ijobiy fikrlar va xissiyotlar salbiylaridan doimo ustunlik qilishiga intilishingiz kerak.
Tashqi holatlarni o`zgartirish uchun oldin ichki olamni o`zgartirish kerak. Aksariyat odamlar aynan tashqi muhitni o`zgartirishga intiladilar. Agar o`y-fikr va tushunchalar o`zgartirilmasa, bunday urinishlar foyda bermaydi yoki bersa ham ularning umri qisqa bo`ladi.
Shuni anlan yetsangiz, qarshingizda yanada yaxshi hayot uchun nurafshon yo`l ochiladi. Muvaffaqiyat, baxt, salomatlik, farovonlik haqida o`ylashning o`rganing, hxayolingizdan xavotir va qo`rquvni haydang. Ongingiz yanada yaxshisini kutish bilan band bo`lsin, bunda odatiy fikrlaringiz hayotda erishmoqchi bo`lgan maqsadlaringiz bilan mashg`ul bo`lishiga e`tibor bering.