SISTIT kasalligi (Qovuq yallig`lanishi)
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko`ra 20-25 % ayollar sistit bilan og`riydilar, shundan 10% surunkali sistitga mubtalodirlar.
Sistit-siydik pufagining yallig`lanishi bo`lib, keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ma`lum bo`lishicha qizlar bolalarga qaraganda 3 marta ko`p sistit bilan og`rir ekanlar. Bu siydik jinsiy traktining o`ziga xos anatomik tuzilganligi, siydik chiqarish kanalining qisqaligi, qin va orqa teshikning siydik chiqarish kanalining qisqaligi, tashqi yo`rig`iga taqinligi bilan bog`liqdir. Sistit 1-3 yosh bolalarda juda kam uchraydi, yangi tug`ilganlarda u deyarli bo`lmaydi.
Peshobni bo`shatish rejimiga rioya qilmaslik (ayollar bir kunda 5-6 marta peshob qilishi kerak) sistitning paydo bo`lishiga olib keladi. Gap shundaki, qovuq qancha kam bo`shatilsa, infeksiya shunchalik oson unga kirib boradi.
Sistitning paydo bo`lishiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, tashqi jinsiy organlarni noto`g`ri tozalash, tampon va qistirmalarni hayz ko`rish vaqtida uzoq olib yurish, jinsiy aloqa vaqtida bakteriyalarning kirib borishi sabab bo`ladi.
Sistitning vujudaga kelishi holatiga sababchi asosiy omillar:
- Qovuqni bo`shatishning buzilishi;
- Immunitetning pasayib ketishi (tez-tez shamollash, sovuqqotish);
- Kichik chanoqda qon aylanishining buzilishi;
- Siydik pufagi devorlariga zararli moddalarning salbiy ta`sir ko`rsatishi;
Sistitning oldini olish va davolash
Quyidagi qoidalarga rioya qilganda sistitning vujudga kelishi ehtimoli kamayadi.
- Iloji boricha ko`proq suyuqlik kuniga kamida 2 l iching, biroq choy, qahva yoki gazlangan suv emas, balki gazsiz mineral suv yoki quyuqlashtirilmagan sharbat iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir.
- Tuzlangan, achchiq, qovurilgan, marinadlangan mahsulotlarni chegaralangan miqdorda iste`mol qiling va ular bilan ko`proq suv iching.
- Har safar hojatga borib kelgndan so`ng yaxshilab tahorat qilish kerak.
- Sovuqqotmaslikka harakat qilish lozim.
- O`z iste`molingizni shunday yo`lga qo`yinki, ular sizga ic qotish yoki, aksincha, qabziyat muammosini keltirib chiqarmasin. Chunki ular sistitning vujudga kelishi sabablaridan biridir.
- Hatto yoz paytida ham tosh ustida o`tirmang.
- Hayz ko`rish paytida tamponlardan foydalanishda ularni har 2 soatda almashtirib turihsh lozim.
- Shifokorlarga muntazam borib turish kerak.
Sistitni davolash.
Avvalo bemor yotib davolanishi kerak. O`tkir, yog`li va marinadli ozuqalarni iste`moldan chiqariladi. Klyukvadan qilingan mors,sutli-o`simlikli taomlar, siydik haydovchi o`tlar qo`shilgan ichimlik suvni ko`proq ichish tavsiya etiladi. Ular yallig`lantiruvchi mahsulotlarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Grelka qovuq atrofiga qo`yilsa, og`riqni qoldirishga yordam beradi. Shuningdek, o`tiriladigan vannaning ham foydasi ko`p. zarur bo`lsa shifokor anitibiotiklar bilan davolanishni tayinlaydi. Shundan so`ng odatda bemoq sog`aya bohlaydi.