Stress nima…???
Ayni paytda stress maktab o`quvchisidan tortib oliy martabali davlat xizmatchisigacha, uy bekasidan to quruvchi yo sotuvchigacha deyarli har kimga tanish. Ularning har biri “Stressga tushib ko`rgan”, surunkasiga bir necha kunlab stress holatida yuradi. Shunday ekan “Stress” ning o`zi nima, degan savolning javobi xususida ham to`xtalib o`tish ayni muddao.
Stress bu favqulotda ta`sir ko`zg`atuvchi harakatlar ostida organizmning umumiy zo`riqish holati va azaliy himoya reaksiyasining paydo bo`lishidir.
Stress va kasalliklar: Agar stress mushaklarida zo`riqish ortishi, ko`p ter ajralishi, nafas bug`ilishi yoki bezovtalik kabi noxush hissiyotlar bilangina cheklanib qolganda, bu odamlar kayfiyatiga salbiy ta`sir qilardi, xolos. Afsuski, surunkali stresslar ko`plab kasalliklar rivojlanishiga ham olib keladi. Stress va kasalliklarning o`zaro aloqasiga son-sanoqsiz misollar keltirish mumkin. Shuningdek, tan jarohatlariga sabab bo`lgan voqea-hodisalar jarohat bitib ketgandan keyin ham uzoq vaqt davomida odamlarning psixik va somatik salomatligiga ta`sir qilaverishini ham bilamiz. Bunday voqealarga urush, jismoniy qiynash, yo`l-transport hodisasi, jinsiy tajovuz va boshqalar kiritiladi. Shunga bog`liq ravishda shifokorlar o`z bemorlariga “atrof-muhitga moslashuvchanlik ko`nikmalarini o`zlashtirish, imkoniyatlari cheklanganligini anglash va o`zini ruhan xotirjam sezish uchun” ko`maklashish bo`yicha tavsiyalar bera boshladilar.
Stress – gipertoniya, insult, yurakning ishemik kasalligi, yara, migren, mushaklar zo`riqishi tufayli bosh og`riqlari, saraton, allergiyalar, astma, isitma, revmatoid artrit va bel og`rig`i kabi kasalliklar bilan birga kechadi.