Stressga qarshi antistress dastur…
Stressga qarshi antistress dastur.
- O`zingizni bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga o`rgating, uyqu kamida 7-8 soat davom etishi lozim.
- Ayrim ertalabki ishlarni kechqurun saranjomlashga harakat qiling, bu tongni shoshilmasdan o`tkazishga imkon beradi.
- Barcha yoshdagilar uchun badan tarbiya tavsiya etiladi. U individual va har kim o`zi xohlagan jismoniy yuklamani tanlashi mumkin,shundan so`ng albatta suv muolajasi olish kerak (dush, basseyn). Uyqu oldidan 10-15 daqiqa sayr qiling.
- Xotirangizga ishonib qolmay, kundalik daftar tuting. Unga bir kunlik yoki ancha keyin qilish rejalashtirilgan ishlaringizni yozib qo`yishingiz mumkin.
- Agar bugunga nimadir rejalashtirilgan bo`lsa, un shu kunning o`zida bajarishga harakat qiling. Bugungi ishni ertaga qoldirmang. Bu asab zo`riqishlariga manba bo`lib xizmat qilishi mumkin.
- Uyda sizni hech narsa g`ashingizga tegmasligi kerak, ishlamaydigan uskunlar, yig`ishtirilmagan xonalar, beo`xshov interyer va boshqa kayfiyatni buzuvchi ehtimoliy atributlar. Ularni vaqtida tuzatish, o`ylab topish va jon kiritish lozim.
- Har kuni yakuni bo`yicha tahlil qiling. O`tgan kundagi barcha vaziyatlarni mantiqan o`ylang. Omadlaringizni sanab chiqing. Balki nimanidur hisobga olmagandursiz. Vaziyatga ijobiy baho berishga harakat qiling. Yaxshi narsalarni o`ylash kayfiyatingizni ko`taradi.
- Betashvish va beg`am odamlar bilan do`stlashishga harakat qiling.ayniqsa bu kasalliklarga taaluqli. Kayfiyati va kasalligidan juda tashvishdagi odamlar doim shu haqda nolib yuradi. O`zining kasalliklari haqida gapirish qiziqarli mashg`ulot emas. Bu haqda kamroq o`rtoqlashishga harakat qiling. Gaplashganda ham faqat eng yaqin insonlar bilan gaplashing.
- Hamma narsada tizim bo`lishi kerak, uyda muayyan tartib o`rnating, ishxonada ishlar, hujjatlar va boshqalarni tartibsiz bo`lishiga yo`l qo`ymang.
10. Chuqur va sekin nafas oling. Odam stressni his qilganda, tez va yuzaki nafas oladi. Mushaklarni bo`shashtirish kerak va agar stress vaziyatni his qilgan bo`lsangiz, bir necha marta chuqur-chuqur nafas oling. Meditatsiyaga o`rganish tavsiya qilinadi. Bu o`z psixoemotsional holatingizni sezilarli darajada tartibga solishga imkon beradi.
11. Vaqti-vaqti bilan tshqi ko`rinishingizga oro bering. Agar ko`rinishingiz yaxsh bo`lsa, bu kayfiyatingizni ko`taradi. So`ngi urfdagi soch turmagi, bashang kostyum yoki ko`ylak sizga yetishmayotgan o`sha hayot tonusini berishi mumkin. Bu o`zini qadrlash hissini yaxshilaydi.
12. Kundalik hayotingizdan “endi bunga qarilik qilaman” yoki “bunga semziligim halaqit beradi” qabilidagi fikrlarni chiqarib tashlang. Atrofdagi barcha narsalarni ijobiy baholab, ko`proq kulish va quvonish kerak.
13. Kоfein miqdorini kamaytiring. Qahva va boshqa teriklantiruvchi ichimliklarni xuddi tamaki va giyoxvand kabi stressni kuchaytiradi. Kamroq shirinlik iste`mol qilish ham tavsiya qilinadi. Bu ham stress rivojlanishini bartaraf etadi.
14. Har kuni kichik bayramlar uyushtiring, ayniqsa dam olish kunlari. Doimiy bir xillik hayotni zerikarli maromga kiritib qo`yadi. Teatrlar, kino, ko`rgazmalar, shaxar tashqarisiga sayohatlar, hatto uydagi jihozlar o`rnini almashtirish ham ijobiy ta`sir qiladi. O`zingiz uchun qoniqarli bo`lgan hayot tarzi va tartibini ishlab chiqing.
15. Kechiring va unuting. Nolimang, ming`irlamang, boshqalardan norozi bo`lmang. Siz yashayotgan olam va atrofingizdagi odamlar mukammal emasligini tan oling. Aksariyat odamlar nimadir qilsa, buni imkon qadar yaxshiroq qilishga intilishga ishoning.
16. Diqqat va e`tiboringizni hayotning yorqin tomonlariga qarating. Tashvish-xavotir haqida suxbatlarni rad qiling.
17. Stressni kamaytirishning eng yaxshi usuli-chalg`ish hisoblanadi. Kontract dush, yoqimli suxbatdosh, yaxshi kinofilm, kitoblar, juda yaxshi yordam beradi.
18. Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo`lishga intilib, baribir murosasiz odamlar bilan do`stlashmaslikka harakat qiling. O`zingiz yoqtirmagan odamlar bilan uchrashishdan qoching.
19. Qanday murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolmang, o`ylab ko`ring, kurashishga arziydimi? Agar yoqimsiz ish kutib turgan bo`lsa, uni hal qilishni keyinga qoldirmang.
20. Dam olib, yana qayta yashashni boshlang. Har bir kundan, quyoshdan, tabiatdan va atrofingizdagi muhitdan quvoning. Ko`proq qiling, yuzingizdan nur yog`ilib tursin. “ochiq yuz va ezgu fikrlar” stressni yo`qotishda yordam beradi. Hayotdan maksimum quvonish va hazil-mutoyiba yaxshi kayfiyatda yurishingizni ta`minlaydi. Zaxiralaringizni anglab, kashf etishdan charchamang. Axir ular cheksiz!