Suvchechak kasalligi…

Bu yengil virusli infeksiya bo`lib, kasallangan boladan boshqa bolaga yuqqach, 2-3 hafta ichida ma`lum bo`ladi. Ko`rinishi: dog`lar, suvli donachalar va qoraqo`tirlar.

Belgilari:

Avval kichkina, qizil, qichishadigan dog`lar paydo bo`ladi. Ular kichkina yoriladigan pufakchalarga va oxiri qoraqo`tirlarga aylanadi. Odatda, ular dastlab badanda paydo bo`la boshlaydi va yuz, qo`l, oyoq, badan, bosh, va hatto ko`z ichiga ham toshadi. Bir vaqtning o`zida dog`lar, pufakchalar va qora qasmoqli yaralar bo`lishi mumkin. Isitma odatda yengil kechadi. 

Davolash:

https://hraneniegid.ru/wp-content/uploads/2018/08/srok-godnosti-brilliantovoj-zelenki-posle-otkrytiya-1.png

 

Infeksiya odatda 1 haftada o`tib ketadi. Qichishishni kamaytirish uchun so`li bo`tqasi suviga namlangan lattani ishlating. Tirnoqlarini juda kalta qilib oling. Agar yaralar infeksiyalansa, ularni toza saqlang. Issiq va ho`l kompresslar qiling, keyin yaralar ustiga antibiotik mazlar, ko`k dori ( бриллиантовый зеленый ) yoki yod surting. Bola badanini qashlanishdan saqlashga harakat qiling. Kasallangan bola suvchechak kasalligi bilan og`rimagan, homilador ayollardan uzoqroqda bo`lishi va yaralar to`liq tuzalib ketguncha maktab, bog`chalarga bormasligi zarur.