Suyak va bo`g`im kasalliklari…
Suyak va bo`g`im kasalliklari
Odatda, suyak va bo`g`im kasalliklari, masalan, artrir, sinishlar, osteoporoz, umurtqadagi og`riqlar, churra, bo`g`im og`riqlari bilan og`riganlar muntazam ravishda oila do`stlari to`g`risida g`amxo`rlik qilishadi-da, o`zlarini unutishadi. O`z yaqinlariga g`anxo`rlik qilishga astoydil kirishib ketganlaridan o`z salomatliklarini esdan chiqarib yuborishadi. Agar siz bo`g`im va suyaklarida muammolari bor millionlar qatorida bo`lsangiz, meni diqqat bilan tinglang. Siz yaqinlaringiz, oila a`zolaringiz, do`stlaringiz bilan muloqot o`rnatib, sizni nima bezovta qilishi, nimaga o`zingizni zaif yoki himoyasiz his qilishingizni tushunasiz. Agar, haqiqatdan ham, davolanmoqchi bo`lsangiz, o`z e`tiqod va xatti-harakatlaringizga e`tibor berishingiz kerak.
Birinchi hissiyot markaziga tegishli a`zolar kasalligi bilan og`riganlarda umid bor. Tibbiyot, ijobiy psixologik yo`riqnoma hamda organizmdagi buzilishlar haqida intuitsiyangiz yordamida belgilarini aniqlab, organizmingizni mastahkamlab sog`aytira olasiz. Shifokor sizning kasalligingiz haqida tavsiyalar bersada, kasallik asta rivojlanish paytida to`plab olgan salbiy fikrlash tarzingizni o`zgartirmaguningizcha birorta muolaja kor qilmaydi.
Suyaklari va bo`g`imlari kasal bo`lgan odamlarga: “Men o`tmish bilan muhabbat ila xayrlashaman, ularning hammasi erkin va men ham erkinman. Men o`zimga yoqaman, men o`zimga o`zim xo`jayinman. Men o`zimga, men o`z harakatlarimni ma`qullayman. Hayot yaxshi. Mening qalbimda shodlik va xotirjamlik” deyish dasturi to`g`ri keladi.
Umuman birinchi hissiyot markaziga tegishli suyak va bo`g`imlar organida ijobiy dasturlar oila, sizning boshqa ijtimoiy guruhlarda ekanligibgizda, sizga himoya tarzida yo`naltirilgan, ammo har biri aniq, qaysi a`zodagi kasallikka mo`ljallangan, bu kasallikning avj nuqatasi qayerda, bo`g`im va suyakning qayeri og`riganiga bog`liq ravishda beriladi. Masalan, agar sizning umurtqa pog`onangiz butunligicha og`risa, demak, sizda oiladagi umumiy quvvatlashda muammo bor. Lekin og`riq ayrim qismida bo`lsa, sizning ijobiy dasturingiz aniqroq shaklni oladi. Siz umurtqa pog`onasining pastki qismida surunkali og`riqlardan qiynalsangiz moliyaviy qiyinchiliklardan qo`rqasiz. Umurtqa pog`onasining yuqori qismida og`riqlarda siz yolg`izlik va his-tuyg`uli yordam yo`qligidan tashvish chekmoqdasiz. Luiza Xey bo`g`im va suyak to`qimasiga zarar keltiradigan kasalliklarga e`tiborini qaratadi. Ularga ham turli ijobiy dasturlar orqali ta`sir ko`rsatadi. Artrit oila a`zolarining kasalga nisbatan berilgan nodo`stona tanqidiy fikrlari bilan bog`liq. Notinch oilalardagi artrit kasallari uchun Luiza Xey quyidagicha dasturni tavsiya etadi.
“Men muhabbatning o`ziman. Men sevgini tanlayman, bundan buyon menga qilayotgan ishlarimning hammasi yoqadi. Boshqalarni ham muhabbat bilan qabul qilaman”.