TUSHLAR
Tushlar sizga qayerda ekanligingiz va qayerga yo`l olganingizni ko`rsatadi. Ular qarshingizda taqdiringizni ochadi.
Karl Yung
Tushlar insoniyatni qadimdan qiziqtirib keladi. Amma zamonaviy tarixda yaqin paytlargacha aksariyat odamlar inson ruhiyatining bu jihatiga yetarli e`tibor bermay o`zlarining ichki dunyolari bilan aloqadan maxrum edilar. Yaxshiyamki endi vaziyat o`zgardi, tobora ko`proq odamlar o`z “Men”larine tushunishning bu manbaini o`zgartirishga intilmoqdalar. Tushlar shunisi bilan qiziqki, ularda ong mahsuli va g`ayrishuuriy ishlar aralashib ketadi, kundalik obrazlar shuurning yashirin donoligi bilan to`qnash keladi.
Ko`plab olimlar avvalo tushlarida muammoning yechimini ko`rganlar keyingina ularni ongli ravishda ishlab chiqqanlar. Eneshteyn tushida nurga mingashib yugurayotganligini ko`rgan, keyinchalik u nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Kop`lab san`atkorlar, biznesmenlar, tadqiqotchilar, shuningdek, turli kasb egalari o`z tushlarida ijobiy yechimlarni topadilar. Tushlarning shunchaki ma`nosiz tasvirlar emasligiga har qanday odamni ishontirish uchun yetarli dalillar mavjud.
Tushlar insoniyatning unutgan tilidir. Ulardagi g`aroyib belgilar va majoz yashirin ma`noga to`la, ularni tushunishni bilsak kifoya. Tushlar orqali bizga oliy ong murojaat qiladi. Tushlar biz qayerda haqmiz, qayerda nohaq ekanligimizni ko`rsatadi, ichki uyg`unsizlik yoki xissiy tushkinlikning yashirin sababini ko`rsatadi. Ular inson hayotining chuqur ma`nosini ochib beradi va ko`p vaziyatlarga izoh beradi. Tushlar insonga o`z taqdiriga qanday rioya etishni va har birimizda yashirin hayot salohiyatini qanday yuzaga chiqarishni o`rgatadi. Biz tunda o`rtacha 5-7 marta tush ko`ramiz. Kimlargadur bu g`alati ko`rinse kerak: tushlarni kam ko`ruvchi yoki umuman ko`rmaydigan odamlar ham bor-ku? Aslida, har bir inson har tunda tush ko`radi, faqat uni yo eslab qoladi, yo unutib yuboradi. Buni aniq isbotlash mumkin, chunki tush ko`rilayotganda “ko`zlarning tez xarakatlanishi” kuzatiladi. Ushbu hodisani qayd etib, fiziologlar inson qanchalik ko`p tush ko`rishini belgilaydilar. Chaqaloqlar uyquda bo`lgan vaqtlarining 50 foizida tush ko`radilar. Agar avvalgi kun kechinmalarga, faol ta`limga, yangi voqealarga boy bo`lgan bo`lsa, biz ko`proq tush ko`ramiz. Binobarin, tushlar hayotidagi o`zgarishlarga moslashishga yordam beradi.