Vaqtni to`g`ri taqsimlash.
Vaqtni qanday qilib smarali taqsimlash mumkin?
Zarur ishning kerakli vaqtda qilinmasligi – muvaffaqiyatsizlikning bosh sababi. Juda band odam ham vaqtni taqsimlashda donolik qilsa, muvozanatni saqlashi, salomatligii yoki hayotini himoya qilishi mumkin.
Hayot xamda vaqt o`rtasidagi muvozanat buzilsa, odam tushkunlikka tushasi, garchi sizda o`z vazifangizni smarali bajarish imkoni bo`lsa ham, muvozanatsiz odam oxir-oqibat tanazulga yuz tutadi.
Bizga berilgan 24 soat oila va farzandlar, ota-ona, turmush o`rtoq, kasbiy hamda shaxsiy qiziqishlarimiz o`rtasida teng taqsimlanishi lozim. misol uchun, hiyobonda yolg`iz yayov yurish, yoqimli musiqani tinglash yoki sevimli mashg`ulot uchun vaqt ajratilishimaqsadga muvofiq. To`g`ri, vaqtimiz chegaralangan, biroq munosib yashalsa, shuvhamkifoya qiladi.
Quyida vaqtni to`g`ri taqsimlash borasida ayrim tavsiyalarni hukmingizga havola qilmoqchiman. To`g`ri, bular nisbiy va umumiy, har kim unga ko`ra o`zining shaxsiy vaqt taqsimoti tizimini ishlab chiqish mumkin.
- Vaqtingizni 7 kunga taqsimlang.
Qarshingizda turgan yetti kun yoki bir oyda nimalarga ulgurish kerak? Kundalik yoki smartfoningizga 30 daqiqa, 1 soatlik qismlardan iborat rejalarni belgilaboling. So`ng har kun yakunida bu bo`limlardagi vazifalar natijasini yozing. Vazifalarni “kerak” yoki “nokerak” toifalar bo`yicha belgilash mumkin.
Katta xafsala kerak, to`g`rimi? Biz odatda bunga o`rganmaganmiz. Biroq, muvaffaqiyatli odamlar keyingi 5 daqiqada nima bilan mashg`ul bo`lishlarini belgilab olar ekanlar.
- Tongi meditatsiya yoki jismoniy mashq bilan qarshi oling.
Garchi vaqtni qarshi to`g`ri taqsimlashga daxldor bo`lmasa xam, tonggi faollik kundalik muvozanat uchun ayni muddao. Buning oqibatida tanadagi zararli moddalar chiqib ketadi, quvvatni yo`naltirish, chidam va bardoshli bo`lish hamda aqliy-ruhiy holatda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ladi.
- Ish kunini muhim vazifalar bilan boshlang.
Bir vaqtlar Mark Tven shunday degan ekan: “Baqa yeyishga to`g`ri kelsa, uni tongda yeganing ma`qul”. Bu nima degani? Muhim ishlarni tanda kuch-g`ayrat va ishlashga xohish bor vaqtda qilish lozim. Eng qiyin ishni birinchiga qo`yish kerak. Tong esa buningayni pallasio. Natijada kunning qolgan qismida siz ijobiy ichki kayfiyatda bo`lasiz.
- Vazifani to`g`ri belgilang.
Vazifa to`g`ri yoki noto`g`ri belgilab olingan bo`lishi mumkin. Noto`g`ri maqsad – nishonni xato olish degani. Natijada, behuda vaqt va kuch yo`qotamiz. Vazifani belgilashdan avval uni amalga oshirish uchun zarur ishtiyoqqa ega ekaningizga amin bo`ling.
- Ish jarayonida tanaffus qiling.
Olib borilgan ilmiy kuzatish va tadqiqot natijalariga ko`ra, siz 52 daqiqa ishlab, 17 daqiqa tanaffus qilishingiz kerak. To`g`ri bunday dam olish bir oz shoxona tuyulishi mumkin. Biroq biz chindan ham tanaffuslarga muhtojmiz. Natijada ruhiy, hissiy va jismoniy holatimiz o`z me`yorida bo`lar ekan. Bunday tanaffuslarda jismoniy faollik bo`lish maqsadga muvofiq. Shifokorlar sog`lom bo`lish uchun ish kunida 10 ming qadam masofani bosishni maslaxat berishmoqda.
- “Vertual olam” uchun aniq vaqtni belgilang.
Intenet, ijtimoiy tarmoq va messenjerlar bizning diqqatimizni chalg`itayotgan hamda vaqtning zoye ketishiga sabab bo`layotgan xavfli ta`sirga aylanib ulgurdi. Siz electron pochta va messenjerlarni ko`zdan kechirishning muayyan vaqtini belgilab oling. Aks holda, daqiqalar soatlarga ulanishi va bu holat ish rejasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
- Hayotingizda tub burilish yasaydigan odatlarni rivojlantiring.
Erta uyg`oning, shukr qilishni unutmang, tabassum qiling, sog`lom ovqatlaning, sayr qiling, yoqimli musiqa tinglang, yangi biror nimani o`rganing, tashkilotchi bo`ling, doim yaxshilikdan umid qiling.
- Yomon, zararli odatlardan voz keching.
Illatlar – vaqtimizni behuda sarflashga sabab bo`ladigan omillar. Electron o`yinlarga mukkasidan ketish, uzundan –uzoq suhbatlar va boshqa zararli odatlarimiz bilinear-bilinmas hayotimizning muhim qismini o`g`irlab qo`yadi.