Vizualizatsiya yoki xayoliy tasavvur

 Miyamda tayinli fikr yo`q, lekin u qator tushunchalarni xayotga 
 tatbiq eta oluvchi qudratga ega.
                                  Ralf Uolds Emerson

Insonni g`alaba eltuvchi omil nima? Omadli insonlar omadsizlardan nimalari bilan farq qiladilar…???

“Bularning bari miyamda” –deydi Arnold

Shvarstneger. Mutimilloner, ko`chmas mulk bozorida muvaffaqiyatga erishgan magnat, kinoyulduz, kulturist, “mister koinot” mukofotining 5 karra sovrindori –Arnolt shularning bariga o`zi erishgan. Lekin xar doim xam shunday bo`lmagan. Arnolt o`zida qat`iy ishonchdan o`zga xech narsa bo`lmagan paytlarini eslaydi. O`sha-rejalari amalga oshishining kaliti o`z miyasi ekanligiga ishonch edi. 

“Juda kichikligimdayoq xayolan o`zimni istagimdagidek tasavvur qilar edim. Xayollarimda aynan shunday bo`lishimga also shubxam yoq edi. Miya haqiqatdan g`aroyib. Hali menga “Mister koinot” unvonini topshirmaslaridan men o`zimni ushbu turnir g`olibi deb tasavvur qilar edim. Bosh sovrin meniki bo`lardi. Hayolan bu tanlovda shunchalik ko`p marta g`alaba g`ozonardimki, amalda ham shunday bo`lishiga also shubhalanmasdim. Kinodagi ijodimda ham shunday bo`ldi. Men o`zimni ko`p pul topadigan qobiliyatli aktyor deb tasavvur qilardim. Men muvaffaqiyatni yaqindan his qildim va uning ta`mini tuydim. Men bu ro`y berishini bilardim ”.

Vizualizatsiya-bu xayoliy tasavvur, hali ro`y bermagan vaziyatni, o`zini o`sha vaziyatda nima qilishini ko`z oldiga keltirish. Inson o`zi intiladigan narsani qilayotganligini yoki qo`lga kiritayotganligini va maqsadiga erishayotganligini ko`z oldiga keltiradi. 

Aytaylik, siz o`zingizga bo`lgan ishonchingizni mustahkamlash niyatidasiz. Tasavvaurdan foydalanib, o`zingizni dadil shaxs deb ko`z oldinzgizga keltirasiz. Xayolan shijoatli harakatlarni amalga oshirasiz va turli insonlar bilan erkin gaplashasiz. Odatda, siz qiyin ahvolga tuhshib qoladigan vaziyatlarni tasavvur qilasiz va ularda yengil, bemalol harakat qilishingizni, muvaffaqiyatga erishishingizni ko`z oldingizga keltirasiz. Hatto do`stlaringiz va hamkasblaringiz sizni o`zingizga ishonchingiz ortgani bilan tabriklashayotganlarini ham tasavvur qila olasiz. O`ziga ishonadigan inson bo`lganingizdan ham, shuningdek, buning natijasida ro`y bergan o`zgarishlardan ham g`urur va qoniqish his etasiz. Siz nima sodir bo`lishi mumkinligi va sodir bo`lajagini xayolan tasavvur qilasiz va xududi bu real voqelikda ro`y berayotgandek yashaysiz.