YOGA mashg'ulotlari hamda yoshlikni saqlash…
Yoga mashg'ulotlari hamda yoshlikni saqlab qolish
Yoga bilan shug'ullanish uzoq yillarga qadar yoshlikni saqlab qolish bilan uzviy bog'liqdir. Yogalar qarigan chog'larida ham yosh ko'rinadilar, negaki yoga tizimi har qanday “yevropacha” jismoniy mashqlar tizimi bilan solishtirganda, kam toliqish va mushaklarning oz charchashini nazarda tutadi. Mushaklarning tonusi saqlab qolinadi, shuning uchun teri juda sog'lom bo'lib qoladi. Yoga organizmdagi antigen hajmini ko'paytirib, organizmdagi turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini kuchaytiradi. Yuqorida aytilib o'tilganidek, agar qolgan barcha tizimlar xech bir muammosiz faoliyat yuritsa, immunitet avtomatik tarzda ko'tarilib boradi, negaki organizm tarkibidan ko'plab toksinlar ajralib chiqib ketadi. Ma'lum bo'ldiki, yoga bilan shug'ullanganda katakchalar darajasida moddalar almashinuvini nazorat qilib brogan-lizosomalar ham o'ta samarali ishlar ekan. Qarilik bu – yangi vujudga keladigan katakchalardan ko'ra, nobud bo'lib borayotgan katakchalarning ko'payib borish holatidir. Yoga qariyotgan katakchalarning nobud bo'lib borishini to'xtatib turib, yangilarining vujudga kelishiga omil bo'ladi, bu esa o'z navbatida organizmni sog'lom quvvatli va yosh bo'lishini saqlab qoladi.
Yoga organizmga nafaqat mushaklarda, balki hayot faoliyatining boshqa jabhalarida ham ta'sir etib, uning bir maromda ishlab turishi va faoliyat yuritishini ta'minlab turadi.
Asab tizimi
Yoga mashqlarini bajarish cho'g'ida asab tizimi butkul harakatga keltiriladi. Tana qabul qilish kerak bo'lgan holat, avvaliga insonning ongida vujudga keladi. So'ng ong tanaga: bir holatdan ikkinchi holatga o'tib, oxirida kerakli tana holatiga joylashish buyrug'ini beradi. Har bir mashqning so'ngi nuqtaga olib keladigan bunday bosqichlar, tana holatini belgilab beruvchi quyidagi mashq uchun ham katta ahamiyatga ega boqladi. Vaqti kelib miya sokinlik va o'ysizlik holatiga keladi.
Yoga bilan shug'ullangan va yoga tizimiga amal qilgan inson, sekin-asta fikrlashini o'chirish va tarki dunyo holatiga o'tish san'atiga o'rganib boradi. Hatto mashq qilayotganlar tomonidan mashqlar kerakli tarzda bajarilgan bo'lmasa ham, inson o'zini bo'sh qo'ygan va xuzur-halovat holatida qolishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi
Yoga bilan shug'ullanish, ovqat hazm qilish va ajratish tizimiga ham ijobiy ta'sirini ko`rsatadi. Ovqat hazm qilish tizimi o'z tarkibiga qizilo`ngachdan tortib oshqozon, yo'g'on ichak va to'g'ri ichak ovqat hazm qilish traktini oladi. Yogalar tavsiya etadi: ovqat hazm qilish tizimi to'g'ri, aniq va to'siqlarsiz ishlab turishi uchun, ichki a'zolar muntazam tozalanib turishi lozim. Yoga tizimidagi mashg`ulotlar ovqat hazm qilish traktini butkul tozalab ovqat hazm qilish va ajratish tizimining sog`ayib ketishiga yordam beradi.
Qon aylanish tizimi
Yurakda kelib chiqadigan muammolarning ko'pchiligi organizmning qon aylanish tizimi bilan bog'liqdir. Yurak xastaliklari odatda organizmdagi qon aylanish tizimini noto'g'ri ishlayotganini ko'rsatib turadi. Uni o'z yo'rig'iga solishning usullaridan biri aerobika mashqlari bilan shug'ullanishdir. Bunday mashqlar yurak qisqarishini kuchaytiradi. Bu esa qon aylanishining jadallik bilan tiklanishiga olib keladi.