Yuqori ego va narsistlik
Har doim o`zini birinchi o`ringa qo`yadigan odamlar bor, ehtimol, siz ham ular orasida bo`lishingiz mumkin. Ular har qanday sharoitda o`zlarini diqqat markazida deb bilishadi. Agar ular bilan tortishib qolsangiz, ayb o`zlarida bo`lsa-yu, bilib turganlari holda hech qachon qilgan xatolarini tan olishmaydi. Hatto o`zlarini aybdor deb hisoblamaganliklari uchun “Odamlar meni ko`rolmaydi, menga hasad qiladi, shuning uchun men bilan til topisha olishmaydi” deb o`ylashadi va uyalmasdan buni bildirishadi.
Meni noto`g`ri tushunmang, siz ham vaqti-vaqti bilan shunday deb o`ylashingiz mumkin. Albatta, ba`zan bu gapda jon bo`lishi mumkin. Biroq boshqalar bilan muammolarning yagona sababi har doim ham qarshi tomon bo`lavermaydi. Biz ora-sirada o`zimizni ham taftish qilishni bilishimiz kerak.
Har qanday holatda o`zlarini mukammal deb biladigan va benuqson deb o`ylaydigan odamlarning umumiy xususiyati yuqori egiga ega ekanliklari. Ha, ego har bir insonda bo`lishi kerak. Ha, har kim o`zini sevishi va o`zi bilan yaxshi munosabatda bo`lishi shart. Biroq haqiqat doim faqat ular to`g`ri deb bilgan narsa deb o`ylamasliklari kerak. Agar inson allaqochon bunday xusisiyatga ega bo`lsa, uning normal shaxsiyatga ega ekanligi biroz shubhali. Unda mavjud narsa yuqori ego va narsisizm bo`lishi mumkin.
Haddan tashqari ego va narsisizmga ega odamlarning umumiy xususiyatlari o`zlarini o`ta sevish holati va “Men nima desam, shu bo`ladi” degan fikrda qotib qolishlaridir. Garchi bu quloqqa unchalik ishonarli eshitilmasa-da buning tagida o`ziga haddan tashqari ishonchsizlik, qabul qilinmaslikni qo`rquvi va nazorat qilishga bo`lgan zarurat yotadi.
Bunday insonlarni faqat mutaxassislar o`zgartirishi mumkin, siz emas. Ba`zida biz insonlar bu holatni aniq tushunmay, vaziyatni chuqurlashtirib yuboramiz. Ammo bu qosh qo`yaman deb ko`z ko`z chiqarishdan boshqa narsa emas. Bunday insonlar diqqat va e`tiborni jalb qilish uchun shusiz ham nomaqbul xatti-harakatlarni namoyon qiladilar. Buning ustiga, voqealar zanjirini uzishga harakat qiladigan bo`lsangiz, o`zingizni zaraga boshlaysiz, chunki siz ularni o`zgartirishingizga ruxsat berishmaydi. Ular sizni ham o`zlari kabi bo`lishingzi kerak deb o`ylashadi. Bunday odamlar to`g`risida bilishingiz kerak bo`lgan birinchi narsa ular bilan bahsga kirishmaslik.
Yuqori ego va narsistlik: o‘zini bilish muhimmi?
Ko‘pchilik o‘ziga bo‘lgan ishonchni ijobiy fazilat deb biladi. Biroq, bu ishonch haddan tashqari bo‘lsa, u egoizm va narsistlikka aylanib, insonning munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu maqolada yuqori ego va narsistlikning belgilari, sabablari va ularni boshqarish usullari haqida so‘z yuritamiz.
1. Yuqori ego va narsistlik nima?
- Yuqori ego – insonning o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishi, doim haq ekaniga ishonishi va tanqidga toqatsizligi.
- Narsistlik (o‘zini haddan tashqari sevish) – shaxsning o‘z qadr-qimmatini oshirib ko‘rsatishi, doimiy ravishda maqtovga ehtiyoj sezishi va boshqalar bilan manipulyatsiya qilishga moyilligi.
2. Yuqori ego va narsistlikning belgilari
- Doimiy ravishda o‘zini muhimroq his qilish
- Tanqidni qabul qila olmaslik va o‘z xatolarini tan olmaslik
- Boshqalarni nazarga ilmaslik, faqat o‘z manfaatlarini ustun qo‘yish
- Manipulyatsiya va ekspluatatsiya qilishga moyillik
- O‘zining mukammalligiga ishonish va boshqalarni kamchiliklari uchun qoralash
3. Narsistlikning sabablari
- Bolalik davridagi haddan tashqari erkalik yoki qattiqqo‘llik
- Tan olinishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj
- O‘ziga ishonchsizlik va ichki qo‘rquvni yashirish
- Shaxsiy yutuqlarni haddan tashqari oshirib ko‘rsatish odati
4. Yuqori ego va narsistlikni qanday boshqarish mumkin?
- O‘zini anglash – O‘zining xatti-harakatlarini ob’ektiv baholash
- Tanqidni qabul qilish – Boshqalarning fikrini tinglash va ulardan o‘rganish
- Empatiya rivojlantirish – Boshqalarni tushunishga va ularga mehribon bo‘lishga harakat qilish
- Kibru havoga berilmaslik – Mukammal inson yo‘qligini qabul qilish
- Psixologik yordam olish – Agar narsistlik juda kuchli bo‘lsa, mutaxassis bilan ishlash foydali bo‘lishi mumkin
Xulosa
Yuqori ego va narsistlik insonni yakkalab qo‘yishi, ijtimoiy va oilaviy munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin. O‘zimizni tanib, o‘zimiz ustida ishlash orqali sog‘lom muvozanatni saqlash va hayot sifatini oshirish mumkin.