Yurak kasalliklariga sabab bo`luvchi omillar…

Aritmiya, ko`krak atrofidagi og`riq, qon bosimining yuqoriligi, o`zini yomon his qilish hurujlari yoki arterial tomirlarning aterosklerozi kabi yurak muammolari bor odamlar o`z hissiyotlarini namoyon qilishga qiynaladilar. Ruhi xuftonlik toshi ostida bo`lib, tashqariga otilib chiqishini kutib turadi. Vaqti vaqti bilan buning uddasidan chiqadi. Bu kuchli g`azab, umidsizlik yoki umuman tushunarsiz holatda ko`rinadi, keyin o`zi bilan ovora bo`lib, birdaniga indamas bo`lib qolishin kuzatish mumkin. Kayfiyatning tushib ketishi, bir holatdan ikkinchisiga o`tishi, to`liq beparvolikdan jon-jaxdi bilan ishtiyoqqa berilish atrofidagi odamlar bilan muloqot qilishni juda murakkablashtiradi.

Yurak ishiga tegishli hamma simptomlar-birinchi qaraganda hatto beozor ko`rinsa ham jiddiy bo`lishi mumkin. Shuning uchun yurak bezovta qilishining birinchi belgilari ko`rinishi bilan shifokorga uchrashing. Harakat va fikrlash tarzini o`zgartirib, salomatlikka uzoq vaqt e`tibor berish zarur.

Tanangiz yuborayotgan salomatlik asosidagi muammolar bilan bog`liq signallarga doim diqqat qiling. So`ng fikrlash tarzingizni ijobiy qoidalar yordamida o`zgartiring.

Masalan kardiologik muammolar odamning fe`l-atvoridagi qaxri qattiqlik, quvonch va baxtdan mahrum hissiyotlarga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun qalbingizni ochib unga quvonch kiritishingiz kerak. Bunday holatda quyidagi dasturlar juda ta`sirli bo`ladi: “Quvonch. Quvonch. Quvonch. Men aqlim, tanam va butun hayotiy tajribamni shodlik qoplashini muhabbat bilan kutmoqdaman”. 

Yurakni himoya qilish uchun kerak bo`lgan muhim ish bu – o`z hissiyotlaringizni boshqarish va muammoni yengilroq boshdan o`tkazishingzi uchun uni ifodalashning ma`qulroq yo`lini topish. O`z hissiyotlaringizga keraklicha diqqatingizni jamlang, buning uchun o`zingizni ayblamang.

Agar siz o`z hissiyotlaringizni boshqarishni o`rgansangiz, fikrlaringizni to`g`ri, konstruktiv, asosiysi, sog`lom tarzda ifodalanishni bilsangiz, organizmingizning yurak muammolariga duchor bo`lishini kamaytirasiz. Aks holda umidsizlik, g`azab, qayg`u, g`am hatto sevgi ichingizni kemiradi va xolesterin miqdori oshib ketadi, qon bosimi ko`tariladi, yurak-qon tomir kasalligi bo`ladi.